Yurtdoşlarimiz orasida oyoq va bel oğriğidan aziyat çekuvçilar köp. Tekşiruvlar davomida ularning baʼzilariga umurtqalararo disk çurrasi taşxisi qöyiladi. Avvallari bu xastalik köproq katta yoşli insonlarda kuzatilgan bölsa, endilikda u 20-25 yoşli yigit-qizlarda ham uçrayapti.
Kasallik umurtqalar orasidagi disk butunligining jarohatlar yoki osteoxondroz natijasida buzilişi, undagi pulpoz yadroning fibroz halqani yorib taşqariga çiqişi orqali yuzaga keladi.
Bunda eng asosiy simptom — bel oğriği. Dard harakat yoki biror oğir yukni kötariş natijasida kuçayadi. Hatto tinç holatda ham oğriq pasaymasligi mumkin.
Tanada kislorod va ozuqalar yetişmasligi tufayli qöl-oyoqlar muzlaydi, uyuşadi, bemor holsizlanadi. Boş aylanişi, içak va bovul qilişda buzilişlar, qöllarda sezgilik susayişi, qon bosimi özgarişi, qorin böşliğidagi noqulaylik ham şu kasallikka xos alomatlar.
Çurra xuruj qilgan paytda köngil aynişi, qayt qiliş, qorinda tölğoqsimon oğriq kuzatilişi mumkin. Bunday vazitda bemor oğriq qoldiruvçi dorilarni qabul qilişi mutlaqo mumkin emas. Sababi özboşimçalik bilan davolaniş keyinçalik salbiy oqibatlarni keltirib çiqaradi.
Afsuski, hozirni kunda köpçilik bemorlar yaqinlarining maslahatiga işonib, umurtqa poğonasini bosiş, uqalaş va şunga öxşaş amaliyotlar orqali davolanişga harakat qiladi. Bu esa şikastlangan umurtqani yanada zöriqtirib, kasallikning kuçayişiga olib keladi.
Vaholanki, zamonaviy tibbiyotda xastalik muolajasida lazerli va endoskopik usullardan keng foydalanilmoqda. Biroq çurra inson tanasidagi ösimta hisoblangani, qolaversa, vaqtida çora körilmasa, salbiy oqibatlarga olib kelişi bois uni rejali jarrohlik yöli bilan davolaş eng samarali yöl.
Töğri, umurtqa çurrasini dori-darmonlarsiz ham tuzatsa böladi. Masalan, tibbiyotda keng qöllanilayotgan suv muolajalari orqali! Lekin bunday amaliyotlarni şifokor tavsiyasi bilan bajariş kerak.
Şu bilan birga, dardga davo topişda çurraning yuzaga keliş muddati juda muhim. Uç oygaça bölgani yengil, uç oydan olti oygaça bölgani esa surunkali sanaladi. Bundan taşqari, u 9 millimetrdan kiçik bölsa, jarrohlik aralaşuvisiz davolaş mumkin.
Ayni paytda Respublika ixtisoslaştirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida uşbu kasallik ilğor usullar yordamida muolaja qilinmoqda.









