Savol:
Assalomu alaykum. Savolim şuki man bir soliha qizga uylanmoqçiman. Lekin uning oilasi xöjalardan. Köpçilik yoşi kattalar, xöjalarning qizi faqat xöjalarga beriladi deyişdi. Men xöja bölmaganim uçun u qizga uylana olmaymanmi?
Javob:
Fiqhiy kitoblarda nikohda tenglik nikohning boğlanişida eʼtiborga molik masala deb qaraladi. Unda yigit qizga teng va munosib bölişi talab etiladi. Qiz yigitning tengi böliş-bölmasligining ahamiyati yöq.
Qurayşning qiziga faqat qurayşlik yigit teng va munosib ekani aytilgan. Diyorimizdagi ayrim kişilar özlarini Rasululloh sollallohu alayhi va sallam avlodlari ekanlarini daʼvo qilişadi. Agar bu daʼvo tasdiqlansa, ularning qizlariga özlariga öxşagan xöjalar teng hisoblanadi. Ammo har qanday holda ham, qizni turmuşga berişda valiysining sözi hal qiluvçi böladi. Çunki tenglik masalasi uning rioyasini qiliş sababidan joriy bölgan.
Alloh yanada biluvçi.
Mubaşşir Ahmad
Manba: azon.uz









