Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxon davlat qöriqxonasi hududidagi yonğin öçirilganini bildirgandi. Biroq mahalliy aholi yonğin hamon davom etayotgani va kengayib borayotganini aytmoqda. “5 gektar maydon yondi degan gap yolğon, minglab gektar maydon yonmoqda. Köp yillik arçalar bilan birga yovvoyi hayvonlar ham nobud bölmoqda”, deydi Kun.uz suhbatlaşgan guvohlardan biri.
Şerobod tumani, Qizilolma mahallasida joylaşgan Surxon davlat qöriqxonasiga qaraşli hududda 2 kun oldin boşlangan yonğin hamon davom etayotgani maʼlum böldi. Bu haqda Kun.uz’ga mahalliy aholi xabar berdi.
Guvohlarning sözlariga köra, yonğin tobora kuçayib, kengroq hududni egallab olmoqda. Uni öçirişga bölgan uriniş foyda bermayapti.
“Surxondaryoning “öpkasi” yonib ketmoqda. 2 ta vertolyot jalb qilingan, ammo ularning kuçi yetmayapti yonğinni öçirişga. 5 gektar maydonda quruq öt yongani haqidagi gap yolğon. Yonğin minglab gektar maydonni egallab olyapti. Köp yillik arçalar yonib ketmoqda, qança yovvoyi hayvonlar nobud bölmoqda. Odamlar xavotirda”, deydi Kun.uz jurnalisti bilan suhbatlaşgan guvohlardan biri.
Tahririyatga qöriqxonadagi yonğin hamon davom etayotgani aks etgan videolavhalar kelib tuşdi. Unda olov tobora kengroq maydonni egallab olayotgani, daraxtlar ham yonib kulga aylanayotganini köriş mumkin.









