Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston işçilar partiyasi terrorçi taşkiloti Anqara markazidagi Içki işlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Bu haqda terrorçi taşkilotning bayonotiga tayanib, ANF agentligi xabar berdi.
“Bugun soat 9:30 atrofida bizning “Ölmaslar” batalonimiz otryadi Turkiya Respublikasi Içki işlar vazirligi binosiga qarşi harakatni amalga oşirdi. Bu harakat parlamentning oçiliş kunida, parlamentga juda yaqin joyda amalga oşirilişi belgilangan edi”, deyiladi bayonotda.
Taqiqlangan partiya aʼzolari Içki işlar vazirligi binosiga kirib, qöriqçini öldirgan.
Turkiya Içki işlar vazirligiga köra, ikki politsiyaçi yengil jarohat olgan va ular orasida ölim holati qayd etilmagan.
Maʼlumot uçun, Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston işçilar partiyasi 1978 yilda tuzilgan. Taşkilot Turkiya, AQŞ va Yevropa Ittifoqida terrorçi sifatida tan olingan.
Eslatib ötamiz, keça, 1 oktyabr kuni tongda Anqaradagi Turkiya Içki işlar vazirligining Xavfsizlik boş boşqarmasida terakt sodir etişga uriniş böldi. Ikki erkak maşinada bino oldiga borgan. Ulardan biri özini portlatib yuborgan, ikkinçi terrorçi otib öldirilgan.
Şundan söng, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan mamlakatning tinçlik va xavfsizligini buzişga urinayotgan terroristlar heç qaçon maqsadlariga erişa olmasligini aytib çiqdi.









