Keça, 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi maktablarning birida maktab formasi sotib olinişi şartligi böyiça prokuratura xodimlari tilxat yozdirgani haqida xabar tarqaldi.
Boş prokuratura Matbuot xizmati holatga munosabat bildirib, mazkur xabarni örganiş yuzasidan işçi guruh tuzilgani va örganiş ötkazilganini maʼlum qildi.
Örganişda, Çilonzor tumanidagi maktablarning birida forma sotib oliş böyiça prokuratura organlari tomonidan heç qanday tavsiya berilmagani va tilxat olinmagani, aslida bu maktab direktorining şaxsiy taşabbusi ekani, biroq u bu jarayonga yolğondan prokuraturani aralaştirgani aniqlangan.
Örganiş natijasiga köra, kelgusida bunday holatlarga yöl qöyilmaslik haqida maktab direktori rasman ogohlantirilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqiçma-bosqiç joriy etilişi belgilandi. Yaʼni yangi – 2022 yil sentyabr oyidan boşlab ota-onalar yagona maktab formasini xarid qilişga majburiy talab qöyilmaydi.









