Töraqörğonda 9 oylik kelin eri tomonidan ayovsiz kaltaklab kelingani maʼlum böldi

Töraqörğonda 9 oylik kelin eri tomonidan ayovsiz kaltaklab kelingani maʼlum böldi

Namangan viloyati Töraqörğon tumani Fuzuliy köçasi 68-uyda yaşovçi A.X. turmuş örtoğini ayovsiz kaltaklagan. 

Maʼlum bölişiça, janjal 31 mart kuni raşk tufayli kelib çiqqan. 44 yoşli A.X. 31 yoşli xotini U. X.ga tegişli bölgan telefonni titkilab, yangi yil bayramida birga tuşgan suratini topolmagan va bu suratni öçirib yuborgansan, deya janjal boşlagan.
 
Jabrlanuvçining aytişiça, aslida bu suratni erining özi öçirgan, lekin buni kimdir majburlab öçirtirib yuborgan, deya raşk qilib janjal kötargan va xotinining kiyimlarini yeçib, qöliga tuşgan narsa bilan ura boşlagan. 

«Ketmon dastasi, oyoq kiyimi, supurgi — qöllariga nima tuşsa, uraverdi. Taşqariga çiqib ketganlarida qölimga uksus olib içmoqçi böldim, yerga yotqizvolib yana urdilar, huşimni yöqotdim, örnimdan turolmaydigan holatga keldim, bu zöravonlik 3 keça-kunduz davom etaverdi. Şu holatdayam, mayli, yaşayveraman dedim, tirik qoliş uçun özim öçirdim rasmni dedim, yana telefonimni titkilay boşladi, rasmga tuşib kimgadir jönatgansan deb, oyoq-qölimni boğlab yana urişga tuşdi, özimni önglolmaydigan darajaga yetdim. Soğ joyim qolmagunça uraverdilar», — deydi jabrlanuvçi.

Maʼlum bölişiça, jabrlanuvçi turmuş örtoği bilan oila qurganiga 9 oygina bölgan.

«Töy birdan bölib ketgandi, suriştirişgayam ulgurmagandik, ZAGSdan keyin ötvolişadi, deb şarʼiy nikoh asosida turmuş qurişdi, qizimning ikkinçi turmuşi edi bu. 

12 aprel kuni qizim yaşolmayman, opketinglar, deya telefon qildi, olib ketmoqçi bölsam, kuyovim aralaşmang deya könmadi. Ertasi kuni qizimning işxonasidagilar öğlimga telefon qilib, singil kerak bölsa olib ketinglar deyişdi, qizimni olişga bordik, olib ketişga közim yetmadi, şunda «102»ga qönğiroq qilib, uçastka noziri yordamida qizimni olib çiqib ketdik. Ahvoliga qarab bölmas edi, hayvon ham bunçalik kaltaklanmaydi. Qizim 8 kun kasalxonada yotib davolandi. 27 aprel kuni kasalxonadan çiqdi», — dedi jabrlanuvçining onasi Maʼrifat Qirğizboyeva. 

Maʼlum bölişiça, hozirda zöravonga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

×