«Navbahor» muxlisi «Söğdiyona» bilan öyindan söng avtohalokatga uçradi. U yolğiz öğil va uç qizning otasi edi

«Navbahor» muxlisi «Söğdiyona» bilan öyindan söng avtohalokatga uçradi. U yolğiz öğil va uç qizning otasi edi

«Navbahor» futbol klubi muxlisi Azizbek Xolmatov Namangan «Markaziy» öyingohida bölib ötgan Jizzaxning «Söğdiyona» jamoasi bilan uçtaşuvdan söng uyga qaytişda avtohalokatga uçrab, hayotdan köz yumdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Hodisa 2021 yil 9 mart kuni Norin tumanida sodir bölgan. Bu haqda hodisaning bevosita iştirokçisi bölgan Azizbekning qarindoşi Alişer Boymatov şunday hikoya qiladi:

— Bu uçraşuvga uç kişi bölib borib, ikki kişi bölib qaytdik. Men, Azizbek va Şuhrat degan döstimiz. «Navbahor»ning Namangandagi öyinlarini qoldirmasdik, Toşkent, Andijon va Farğonaga ham birga borardik. Öşa kuni öyin tugaganidan söng qornimiz oç qolgani uçun Norinkapadagi çoyxonaga töxtab, şaşlik buyurtma qildik. Bittadan yeb, hali ikkinçisini olişga ulgurmay, Azizbekning telefoni jiringlab qoldi. U taşqariga çiqib ketdi, birozdan söng nimaningdir qattiq ovozi eşitildi. Kimdir «avariya böldi» deb qoldi. Şoşilib taşqariga çiqdik. Azizbekni qidirdik, telefoniga qönğiroq qildik, javob bermaydi. Maşina kimni urib ketganini bilmaymiz. Bir payt yöl çetida turgan krossovkaga közim tuşib qoldi. Stadionga borganimizda Azizbekka krossovkam siqayotganidan şikoyat qilganimda şu oyoq kiyimini körsatib, qulayligini maqtagan edi... Kasalxonaga yetib borganimizda uning joni uzilgan ekan, — deydi Alişer Boymatov.

Norin tuman IIB mutasaddilariga köra, 9 mart kuni keçki payt Çöja—Haqqulobod yölining törtinçi kilometrida Cobalt rusumli avtomobil haydovçisi Azizbek Xolmatovni urib yuborgan. U boş miya şikastlanişi, çap oyoq sinişi va boşqa tan jarohatlari bilan tuman markaziy şifoxonasiga yetkazilgan, biroq saqlab qolişning imkoni bölmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Azizbek Xolmatov 38 yoşda bölib, Norin tumanidagi «Şörariq» mahallasida tuğilib ösgan, oilada yolğiz öğil edi. Undan uç nafar qiz farzand qoldi.

Alişer Boymatovning aytişiça, Azizbekni tanigan-bilgan muxlislar «Navbahor»ning bugun Toşkentda «Lokomotiv» ustidan qozongan ğalabasini uning xotirasiga bağişlamoqda. Şuningdek, Namangan klubining 19 mart kuni «Nasaf» bilan bölib ötadigan öyini oldidan bir daqiqa sukut eʼlon qilinişini mutasaddilardan sörab qolişadi.

×