Birlaşgan Arab Amirliklari futbol assotsiatsiyasi ikki futbolçini terma jamoa safidan çetlatdi va ularning har biriga 500 ming dirham (taxminan 136 ming AQŞ dollari) miqdorida jarima soldi. Bu haqda keça, 8 iyun kuni BAA futbol assotsiatsiyasi rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilişiça, 21 yoşli Sulton Odil (“Şabab Al-Ahli”) va 28 yoşli Xolid Ibrohim (“Şarja”) terma jamoaning maşğulot yiğini vaqtida nomaqbul xatti-harakat sodir etgani uçun jazoga tortilgan. Ular, şuningdek, milliy musobaqalardan beş öyinga diskvalifikatsiya qilingan.
“BAA futbol assotsiatsiyasi intizom qömitasi “Şarja” jamoasi futbolçisi Xolid Ibrohimni va “Şabab Al-Ahli” jamoasi futbolçisi Sulton Odilni mahalliy musobaqalardan beş öyinga çetlatiş hamda har biriga 500 ming dirham miqdorida jarima soliş qarorini qabul qildi”, deyiladi bayonotda.
Futbolçilarning aniq qanday qoidalarni buzgani oşkor etilmagan.
Maʼlumot uçun, BAA terma jamoasi 2026-yilgi Jahon çempionati saralaşining uçinçi bosqiçida öz guruhida dastlabki ikki örindan joy ololmadi va endi törtinçi bosqiçda qatnaşadi. Ular joriy yilning 5 iyun kuni Abu-Dabida Özbekiston MTJga qarşi durang natijani qayt etdi va şu tariqa uşbu guruhdan Jahon çempionatiga töğridan töğri yöllanmani Özbekiston va Eron terma jamoalari qölga kiritdi.
BAA terma jamoasi navbatdagi uçraşuvini ertaga, 10 iyun kuni Bişkekda Qirğizistonga qarşi ötkazadi.









