Telegram kanal administratorlari orasida boşqa taşkilot vakillari ham borligi aytilmoqda.
Joriy yilning 27 yanvar kuni Human.uz sayti direktori Xurşid Daliyev va saytning boş muharriri Muslim Mirzajonov Kompromatuzb anonim Telegram kanalini yuritganlikda gumonlanib hibsga olindi.
Uşbu şaxslar Telegram'dagi Kompromatuzb kanali administratorlari hisoblanadi. Uşbu kanalda köplab tasdiqlanmagan va ziddiyatli xabarlar berib borilgan.
Bundan taşqari, uşbu kanal administratorlari orasida boşqa taşkilot vakillari ham borligi hamda ularning şaxsi hozirça nomaʼlumligi aytilmoqda.
Tasdiqlanmagan xabarlarga köra, uşbu kanalni yurituvçi şaxslar tovlamaçilik, soliqqa oid jinoyatlarni sodir etiş va boşqa şu kabi iqtisodiy jinoyatlarda ayblanmoqda.
Naşr ofisi Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Quyiçirçiq tumani bölimi tomonidan muhrlangan. Hozirça heç qanday rasmiy maʼlumot berilgani yöq.

Human.uz sayti ofisi Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Quyi Çirçiq tumani bölimi suriştiruvçisi E.Ablamurodov imzosi bilan muhrlandi. Human.uz sayti bloklandi.

Manba: Uznews









