Otabek Sattoriyga sud hukmi öqildi

Otabek Sattoriyga sud hukmi öqildi

2021 yil 10 may kuni jinoyat işlari böyiça Muzrabot tuman sudida Otabek Sattoriy (1980 yilda Termiz şahrida tuğilgan, blogerlik faoliyati bilan şuğullanadi, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.

Mazkur jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Muzrabot tuman sudi raisi T. Abdiraimov raisligida körib çiqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga köra, O. Sattoriy ayblovning jabrlanuvçi N. Narbayevani haqorat qilganligi böyiça Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandi bilan hamda T. Köçarov, A. Xudoyqulov va Z. Xursanovga nisbatan takroran tovlamaçilik qilganligi böyiça Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybsiz deb topilib, uşbu moddalar bilan uning harakatlarida jinoyat tarkibi bölmaganligi sababli oqlandi.

O. Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 165-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlaş) qöllab, 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) va 61-moddasi (jazolarni qöşişning hisoblaş qoidalari) ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli orqali uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.

Aşyoviy dalil deb eʼtirof etilgan 1 dona “Vivo-X50” rusumli uyali telefon apparati qonuniy egasi L. Törayevga, 1 dona “Redmi 5+” rusumli uyali telefon apparati va 1 dona “Zotac” rusumli kompyuter protsessori qonuniy egasi sudlanuvçi O. Sattoriyga qaytarilişi belgilandi.

Termiz şahridagi xususiy notarial faoliyat bilan şuğullanuvçi notarius H. Boboqulov tomonidan 2020 yil 2 iyul kuni KSH 032769 SV sonli reyestr bilan tasdiqlangan “Termiz Eko Ekspress loyiha” MÇJ rahbari T. Şapulatov bilan O. Sattoriy örtasida tuzilgan Surxondaryo viloyati, Termiz şahri, “Maʼrifat” mahallasi, Istiqlol köçasi, 6-uyda joylaşgan 42-raqamli kvartirani O. Sattoriyga sotganligi böyiça tuzilgan oldi-sotdi şartnomasi haqiqiy emas deb topildi.

Termiz şahridagi xususiy notarial faoliyat bilan şuğullanuvçi notarius H. Boboqulov tomonidan 2020 yil 2 iyul kuni KSH 032770 SV sonli reyestr bilan tasdiqlangan “Termiz Eko Ekspress loyiha” MÇJ rahbari T. Şapulatov bilan O. Sattoriy örtasida tuzilgan Surxondaryo viloyati, Termiz şahri, “Maʼrifat” mahallasi, Istiqlol köçasi, 6-uyda joylaşgan 44-raqamli kvartirani O. Sattoriyga sotganligi böyiça tuzilgan oldi-sotdi şartnomasi haqiqiy emas deb topildi.

“Termiz Eko Ekspress loyiha” MÇJ rahbari T. Şapulatovdan sudlanuvçi O. Sattoriy foydasiga jami 234 835 000 söm undirilişi belgilandi.

Uşbu jinoiy iş böyiça sudga raislik qiluvçi tomonidan taraflarga jinoyat oqibatida yetkazilgan maʼnaviy zararni undiriş masalasida tegişli hujjatlarni ilova qilgan holda fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat qiliş huquqi mavjudligi hamda sudlanuvçilar va boşqa tomonlarga hukm ustidan şikoyat qilişning qonunda belgilangan tartibi va muddati tuşuntirildi.

×