Özbekiston böyiça 25-29 sentyabr kunlariga ob-havo prognozi eʼlon qilindi.
Qayd etilişiça, uşbu hafta davomida Özbekiston hududi böyiça kuzning birinçi oyi uçun xos bölgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati örtaça köp yillik qiymatlarga yaqin böladi.
Haftaning birinçi yarmida respublika böyiça asosan kam bulutli ob-havo böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Haftaning ikkinçi yarmida havo bulutli böladi, lekin hududning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida iş haftasining eng oxirida — 29 sentyabr kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi.
Şamol şarqdan birozdan örtaçagaça esadi.
Keçalari va ertalabki soatlarda harorat 12-17 daraja atrofida nisbatan salqin böladi, kunduz kunlari esa quyoş nurlari havoni 25-30 darajagaça, baʼzi joylarda 32 darajagaça isitadi.
Toğli hududlarda ayrim kunlarda jadalligi asosan biroz bölgan yomğir yoğişi mumkin.
Poytaxtimizda 25-29 sentyabr kunlari havo biroz bulutli böladi, vaqti-vaqti bilan özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçalari 13-16 daraja, kunduz kunlari 25-28 daraja böladi.









