“Özgidromet”: Özbekistonda havo haroratining pasayişi kutilmoqda

“Özgidromet”: Özbekistonda havo haroratining pasayişi kutilmoqda

Bugun mamlakat hududining katta qismida yoz faslining boşi uçun meʼyoriy qiymatlardan 7-10 darajaga yuqori bölgan, Eron hududlaridan kirib kelgan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi.

“Özgidromet” xabariga köra, quruq ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat keçga tomon Toşkent viloyatida, şuningdek toğoldi va toğli hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanişida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi ehtimoli bor. Aksariyat viloyatlarda kunduz kuni havo 40-43 daraja issiqqaça, janubda baʼzi joylarda 44-46 darajagaça kötariladi. Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan kuçsiz antitsiklon taʼsirida respublika şimolida havo harorati pasayadi va 33-38 daraja issiqni taşkil etadi. Respublika böyiça baʼzi joylarda şamol 17-22 m/s gaça, baʼzi joylarda çangli böron bilan kuçayişi saqlanib turadi.

Ertaga Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin havo respublikaning katta qismini qamrab oladi, buning hisobiga havo harorati pasayadi. Özbekistonda yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat Toşkent viloyatida, toğoldi va toğli hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi ehtimoli bor. Havo harorati keçalari 24-27 daraja issiq atrofida böladi, kunduz kunlari esa harorat pasayadi va 34-38 daraja issiqni, respublikaning eng janubida 41-43 daraja issiqni taşkil etadi

Bunday harorat foni hafta oxirigaça davom etadi, ammo harorat meʼyordan hali ham yuqori böladi va keçalari 20-25 daraja issiqni, kunduz kunlari 34-39 daraja issiqni, respublikaning eng janubida 41-43 daraja issiqni taşkil etadi. Uşbu davrda yoğingarçilik kutilmaydi, faqat toğoldi va toğli hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanişida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin. 8-9 iyun kunlarida şamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika böyiça şamol 17-22 m/s gaça, baʼzi joylarda çangli böron bilan kuçayişi mumkin.

×