Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat ğarbidagi maxfiy bunkerga evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda Readovka xabar bermoqda.
“Kiyevga uyuştirilgan raketa hujumlari foni ostida Ukraina prezidenti zudlik bilan Kiyevdan olib çiqilib, maxfiy bunkerga jönatildi”, — deb yozadi gazeta.
Bundan oldin, Ukraina rahbari özining Telegram kanalida ukrainaliklarga murojaat qoldirdi:
“Ukraina böylab havo hujumi susaymayapti. Raketa zarbalari bor. Sizdan iltimos qilaman: boşpanalarni tark etmang. Özingiz va yaqinlaringizga ğamxörlik qiling. Kuting va kuçli böling”, — deb yozdi Zelenskiy.
Avvalroq Zelenskiy Polşa çegarasi tomon yöl olgani maʼlum qilingandi. Ukrainada portlaş ovozlari butun hududda, şuningdek, poytaxt Kiyevda eşitilmoqda.









