2021 yilning 14 yanvar kuni soat 11:30larda Navoiy viloyati, Zarafşon şahar tibbiyot birlaşmasiga 21 yoşli Jasurbek T. harbiy ust-boş kiyimda kelib, hamşira bölib işlovçi 24 yoşli Nilufar N. bilan yaqindan tanişadi.
Yigit unga uylanişini, lekin onasi oğir betob bölib, jarrohlik amaliyoti ötkazilişi uçun pul kerakligini, pullarini 3 kun içida qaytarib olib kelib berişini vaʼda qilib, unga tegişli jami narxi 4 950 000 sömlik tilla-taqinçoqlarini va hisobida 510 ming söm puli bölgan plastik kartasini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmasdan hodisa sodir bölgan joydan yaşiringan.
Mazkur holat Zarafşon şahar IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jasurbek T., ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov davomida Jasurbek T. muqaddam firibgarlik va öğirlik jinoyatlari uçun sudlanib, heç qayerda işlamasligi aniqlangan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
«Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notaniş hamda halol inson sifatida sizga taniş bölmagan insonlarning qöllariga özingizni xohişingiz bilan bermang. Firibgarlarni töriga tuşmaslik öz qölingizda», deb ogohlantiradi Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.









