Ötgan bir neça kun mobaynida Özbekiston hududi orqali xorijiy davlatlarning 1982 fuqarosi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Özbekiston TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
“Qöşni Afğonistondagi oğir vaziyat davom etayotgani munosabati bilan, xorijiy şeriklarning sörovlariga javoban, şuningdek, xalqaro gumanitar huquq tamoyillariga rioya qiliş ruhida, öz fuqarolarini Afğonistondan evakuatsiya qiliş böyiça Özbekiston Respublikasi bir qator xorijiy davlatlar bilan yaqin hamkorlik qilmoqda”, deyiladi TIV xabarida.
Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda Özbekiston tomoni Germaniya, Rossiya, Şveytsariya, Avstriya, Daniya, Polşa, Slovakiya, Qozoğiston kabi davlatlar bilan aeroport infratuzilmasidan foydalaniş xizmatlarini taqdim etiş, havo makoni orqali uçişga ruxsat beriş, aeroportga uçib keliş, qöniş, zarur texnik va logistika yordamini körsatiş böyiça birgalikda saʼy-harakatlar amalga oşirmoqda.
“Xorijlik hamkorlar bilan birgalikda dastlabki tarzda kelişilgan mamlakatlarga jönatilayotgan ham çet el fuqarolari, ham Afğoniston fuqarolarini Afğonistondan evakuatsiya qiliş va Özbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitini amalga oşiriş böyiça tartibli işlar yölga qöyilgan”, deyiladi xabarda.
Qayd etiş kerakki, Germaniya fuqarolarini Toşkent orqali evakuatsiya qiliş ikki davlat rahbarilari tomonidan muhokama qilingan. Öz navbatida Germaniya kantsleri Angela Merkel bu uçun Özbekistonga minnatdorlik bildirgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 18 avgust kuni Toşkent-3 mahalliy aeroporti vaqtinçalik yopildi. Keyinroq bu xorijlik fuqarolarni Afğonistondan yevakuatsiya qiliş bilan boğliqligi maʼlum böldi.
Maʼlumot örnida, joriy yilning 15 avgust kuni Afğoniston Islom Respublikasi quladi. Prezident Aşraf Ğani esa isteʼfoga çiqqanini eʼlon qildi. Şu bilan mamlakatda hokimiyat “Tolibon” qöliga ötdi.
2001 yil Afğonistonga kirgan AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya kuçlarining asosiy qismi mamlakatni tark etdi. Ğarb davlatlarining Qobulda qolgan kuçlari diplomatlarni va özlariga yordam bergan afğonlarni evakuatsiya qiliş bilan band. “Tolibon” siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afğonistonda 20 yil davom etgan uruş tugaganini eʼlon qildi. Keça, 19 avgust kuni esa toliblar Afğonistonni Islom Amiriligi, deb eʼlon qildi.









