Çustda yuzdan ortiq bolalarning zaharlanişi va şifoxonalarga murojaat qilişi butun Özbekistonda vahima uyğotdi. Avvalo bu qadar köp bolalarning zaharlanişi qörqitgan bölsa, ikkinçidan mamlakat böylab yod preparatlarini berilişi boşlangan va köpçilik uni qabul qilişga ham ulgurgandi. Xabar.uz vaziyatga aniqroq baho beriş uçun Çustda taşkil etilgan tezkor ştab vakili, Soğliqni saqlaş vazirligi boşqarma boşliği Otabek Çoriyev bilan boğlandi.
– Otabek Normöminoviç, ayni paytda nimalar qilinyapti?
– Bu xabar olinişi bilan vazir tomonidan tezkor işçi guruh tuzildi va zudlik bilan Çust tomon yölga çiqdik. Guruh tarkibida vazirlik xodimlari, malakali infektsionist, epidemiolog va reanimator şifokorlar bor. Şuningdek, guruhga dori vositalari nazorat qiluvçi mutaxassislar ham kiritilgan. Tunda tumanga yetib keldik va vaziyatni atrofliça örgandik.
Umumiy olganda, şifoxonalarga murojaat qilgan bolalar soni çindan ham yuzdan ortiq. Ular subfebril (yengil) harorat va köngil aynişi, qayt qiliş şikoyatlari bilan murojaat qilişyapti. Şukrki, bemor bolajonlar orasida oğir ahvoldagilar yöq, reanimatsion holatlar haqidagi gap-sözlar asossiz.
– Şifoxonalarda joy yetmay qolgani töğrisidagi xabarlarni qanday izohlaysiz?
– Har bir tumanda tibbiy bölimlar maʼlum koykalar soniga ega. Bunday favqulodda vaziyatlarda esa zudlik bilan qöşimça örinlar tayyorlanadi. Çustda ham boşqarma tezkorlik bilan boşqa bölimlarda örinlar ajratgan, mahalliy hokimiyat karavotlar yetkazdi, ayni paytda bu muammo töla bartaraf etilgan.
Nafaqat joy, balki dori-darmonlar va tibbiy vositalar bilan ham töla taʼminlangan.
– Zaharlaniş sababi hammani qiziqtirişi tabiiy...
– Bu borada hozirça rasmiy javob bera olmayman. Faqat asosiy taxminlarni bildirişim mumkin. Birinçi taxmin – ovqatdan zaharlaniş. Bu borada aniq javob oliş uçun maktabgaça taʼlim muassasalaridan yeguliklar namunalari olindi va ham mahalliy, ham poytaxtdagi laboratoriyalarga jönatildi. Ayni paytda javoblarni kutyapmiz.
Ikkinçi taxmin – dori vositalaridan zaharlaniş. Prezidentimizning Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat körsatiş hamda ularning hayoti va soğliğini himoya qiliş böyiça profilaktika çora-tadbirlarini muvofiqlaştiriş böyiça 5198-qaroriga köra maktabgaça taʼlim muassasalari yod preparatlari bilan taʼminlanişi közda tutilgan va bu bolalar ham şu preparatlarni qabul qilişgan. Lekin bu dori vositalari butun respublika böyiça tarqatilgan, zaharlaniş faqat Çustda kuzatilişi notabiiy. Şu bois bunday preparatlardan ham namunalar olinib, maxsus laboratoriyalarimizga jönatildi. Olingan javoblarga köra alohida maʼlumot beramiz.
Ayni paytda içki işlar xodimlari barça preparatlar va yeguliklarni yiğib olgan, boş prokuratura tergovga qadar tekşiruvlar olib bormoqda.
– Nima bölganda ham yuzlab bolalar zaharlanişi vahima uyğotadi. Vazirlik nomidan ota-onalarga nima degan bölardingiz?
– Albatta, xalqimizning hadigini töğri tuşuniş lozim. Ayniqsa, yaqindagina dori vositalaridan zaharlaniş böyiça oğir holat kuzatilgan bir paytda. Lekin işoning, Çustdagi holat mutlaqo boşqaça, bolalar ötkir zaharlaniş bilan murojaat qilişgan va hammasining ahvoli stabil. Keçaning özida 9 nafar, bugun tongda 15 nafar bolalarga javob berildi, kun davomida soğayganlar körsatkiçi ança oşadi. Ular uylarida ham kuzatuv ostida bölişadi.
Vahimaga yana bir sabab ota-onalar soğlom bolalarini ham tekşirişga olib kelişyapti. Ularni ham albatta qabul qilyapmiz. Şifokorlar barçalarini körikdan ötkazib, xotirjam qilib jönatişyapti.









