Mustaqillik bayrami uçun qöşimça dam oliş kunlari bölmaydi

Mustaqillik bayrami uçun qöşimça dam oliş kunlari bölmaydi

Joriy yilda Özbekistonda “1 sentyabr — Mustaqillik kuni” bayram uçun qöşimça dam oliş kunlari bölmaydi. Bu haqda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi maʼlum qildi. 

Bildirilişiça, Mustaqillik kuni munosabati bilan:

  • 5 iş kuni işlovçilar 3 kun – 30 avgust (şanba), 31 avgust (yakşanba) va 1 sentyabr (bayram) kunlari;  
  • 6 iş kunida işlovçilar 2 kun – 31 avgust (yakşanba) va 1 sentyabr (bayram) kunlari dam oladi.

Qayd etilişiça, qöşimça dam oliş kunlari belgilanmagan va dam oliş kunlari köçirilmagan.


×