Keça, 20 sentyabr oqşomida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev öz xalqiga murojaat qilib, (tan olinmagan) Toğli Qoraboğdagi “aksilterror operatsiyasi”ning vazifalari yakunlangani va mamlakat suvereniteti tiklanganini maʼlum qildi.
“Bir kun içida Ozarbayjon mahalliy aksilterror çoralari doirasida belgilangan barça vazifalarini bajardi. Terrorçilar yöq qilindi va arman tomoni öz provokatsiyalariga munosib javob berilişini yana bir bor anglab yetdi”, deydi Aliyev.
Uning sözlariga köra, (tan olinmagan) Toğli Qoraboğda joylaşgan arman armiyasining katta qismi “butunlay yöq qilingan”.
“Arman harbiy texnikasi yöq qilindi va yaroqsiz holga keltirildi”, degan Prezident.
Aliyevning aytişiça, 2020 yil noyabrida Ikkinçi Qoraboğ uruşidan keyin tuzilgan kelişuvga zid ravişda Armaniston uç yildan beri öz Qurolli kuçlari va texnikasini Ozarbayjobn hududidan olib çiqmagan.
Şuningdek, Prezident operatsiya boşlanişidan oldin Qoraboğdagi arman aholisi hujumga uçramasligini talab qilganini bildirgan.
“Biz bunga yuqori aniqlikdagi qurollar va qurolli kuçlarimizning professionalligi yordamida erişdik. Şu bilan birga, fuqarolik infratuzilmasiga ham zarar yetkazmaslik, balki harbiy infratuzilmani öçirib qöyiş kerakligi haqida körsatmalar berildi”, degan Aliyev.









