Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va vitse-prezident – mamlakat birinçi xonimi Mehribon Aliyeva Armaniston tomonidan bosib olingan va 9 noyabrda uç taraflama sulh (Rossiya – Vladimir Putin, Ozarbayjon – Ilhom Aliyev, Armaniston – Nikol Paşinyan – tahr.) sabab Ozarbayjonga qaytarilgan Ağdam şahrida bölib, XIX asrga oid tarixiy masjidda böldilar.
Eng avvalo, Prezident Ilhom Aliyev şahrining masjidga yaqin hududiga örnatilgan Ozarbayjon bayroği qarşisida tiz çökib, uni öpib, yuz köziga surtdi. Söng vitse-prezident Mehribon Aliyeva bilan tarixiy masjidga yöl oldi.
Xalqaro ommaviy axborot vositalari tomonidan Armaniston hukmronligi davrida molxonaga aylantirilgani yozilgan va bugun vayronaga aylangan masjidga Prezident Ilhom Aliyev va Mehribon Aliyeva poyabzallarini yeçib, oyoqyalang kirdilar. Uşbu holat aks etgan suratlar Prezident Matbuot xizmatining internet sahifasiga joylaştirildi. Davlat rahbari va uning rafiqasi masjidga kiriş oldidan uning devorlarini öpişgan.
Dunyo hamjiyati, ayniqsa, musulmon davlatlar xalqlarining diqqatini tortgan uşbu surat ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar kun tartibiga çiqdi.
Prezident Matbuot xizmatiga köra, Mehribon Aliyeva masjidga qölida Makkadan olib kelingan Qurʼoni Karim bilan kirib, uni öpgan va masjid mehrobiga yaqin peştaxtada qoldirgan.
Ular masjidda Qurʼon tilivot qilişgan. Söng davlat rahbari ommaviy axborot vositalariga intervyu berdi.
“Bugun Ağdam şahrini vayronada köriş juda açinarli. Biroq, bir neça yil oldin uşbu mintaqada, bizning xandaqlarimizda bölganimda, masjidni durbin orqali körganman. Uşbu his-tuyğularni söz bilan ifodalaş qiyin, imkonsiz. Öz yerlaringizdagi şaharni, masjidni uzoqdan durbin bilan körib, bu yerga kela olmaslik qançalik oğriqli ekanini bilsangiz edi. Aloqa çiziğida, xandaqda bölganimda, qaytib keladigan va öz hududiy yaxlitligimizni tiklaydigan kun keladi, deb öylagan edim.
Bugun men Ağdam masjidiga Makkadan olib kelingan Qurʼonni sovğa qildim. Men baxtli odamman, çunki tört marta Makkaga taşrif buyurganman. Bir marta marhum otam bilan birga va uç marta Prezident sifatida. Muqaddas Kaʼbada oila aʼzolarim bilan namoz öqiganimdan baxtiyorman. Mening ham qalbimda har qanday odamning yuragidagi kabi tuyğular bor. Men duolarida birinçi bölib yerlarimizni işğoldan ozod qiliş haqida sörardim. Allohdan menga kuç berişini, bu yerlarni işğoldan ozod qilişimizni, bu baxtni bizga nasib etişini va yana ota-bobolarimiz yurtiga qaytişimizni sörardim.
Bugun bu yerda, buzğunçilar tomonidan vayron qilingan masjid oldida men özimni baxtli odamman deb aytaman. Duolarimni eşitgani va menga şu kuçni bergani uçun yana bir bor Allohga şukur aytaman. Kuçlarimizni safarbar etib, biz uşbu tarixiy kunlarni boşdan keçirmoqdamiz. Bu haqiqatan ham tarixiy kunlar. Ehtimol, Ozarbayjonning köp asrlik tarixida bunday şonli va ğururli kunlar bölmagan. Bunga biz birdamligimiz, kuçimiz evaziga erişdik. Heç kim bizga yordam bermadi. Aksinça, halal berişdi. Sizga bu haqda batafsil aytib beradigan kun keladi”, deydi Ilhom Aliyev.
Ağdam markazida joylaşgan uşbu masjid 1870 yilda qurilgan. 1992 yilda Xöjali Armaniston tomonidan bosib olingandan keyin Ağdamdagi uşbu tarixiy masjid vayronaga aylangan.









