Keça, 6 sentyabr kuni UEFA prezidenti Aleksandr Çeferin Jenevada bölib ötgan Yevropa klublari assotsiatsiyasi Boş assambleyasida nutq sözladi.
“2021 yilda heç qanday ğayrioddiy voqea sodir bölmaydi. Biz normal hayotga qaytişni istaymiz. Buning uçun şarmandali va tuşunarsiz Superligaga qarşi birlaşişimiz kerak. Umid qilamanki, bu şunçaki epizod edi xolos. Uşbu voqelarni yana boşdan keçirişni xohlamaymiz. Biz birdam bölişimiz, normal hayot sari intilişimiz va butun futbol olamini birlaştirişimiz kerak”, deydi Çeferin.
Avvalroq, Yevropaning eng kuçli futbol klubi rahbarlari yangi çempionat – Yevropa Superligasi taşkil etilganini eʼlon qilgandi. “Mançester Yunayted”, “Mançester Siti”, “Tottenxem”, “Liverpul”, “Çelsi” , “Arsenal”, “Barselona”, “Atletiko” , “Real”, “Milan”, “Inter” va “Yuventus” klublari yangi turnirning asosçi jamoalari bölgandi.
Söngra UEFA Superliga iştirokçilarini Yevropa va Jahon çempionatlarida qatnaşişini taqiqlaşini eʼlon qildi. Bundan taşqari, UEFA Superligada öynovçi klublarni öz musobaqalaridan çetlatişini ham qöşimça qildi. Köplab boşqa klublar, milliy assotsiatsiya va futbol vakillari Superliga ğoyasini qoralab çiqişdi.









