Rossiya Şimoliy Koreyani Ğarbdan himoya qiladi – Lavrov

Rossiya Şimoliy Koreyani Ğarbdan himoya qiladi – Lavrov

Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ğarbning Koreya yarim orolidagi kelişuvdan boş tortişi uning Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR)ga qarşi rezolyutsiyani BMT Xavfsizlik kengaşiga kiritişga urinişlariga çek qöyişini aytdi. Bu haqda u bugun, 13 sentyabr kuni Rossiya va Şimoliy Koreya yetakçilarining uçraşuvi doirasidagi tadbirlar orasida söz oçdi.

Sergey Lavrov Ğarb öz strategik kuçlari elementlarini Koreya yarim oroli janubiga ötkazayotganini taʼkidlagan. 

“Yadro qurollari Koreya yarim orolining janubida, Janubiy Koreya va Yaponiyada u yoki bu körinişda paydo bölişi haqida allaqaçon gap ketmoqda. Ularning siyosiy xarakterdagi har qanday çora-tadbirlarni qöllaşdan qatʼiyan voz keçişi, bundan buyon Xavfsizlik Kengaşiga sanktsiyalar böyiça rezolyutsiya kiritişga çek qöyadi”, deydi Rossiya TIV rahbari.

Şuningdek, Lavrov ötgan yilning bahorida AQŞ Şimoliy Koreyaga qarşi BMTning navbatdagi rezalutsiyasini qabul qilişga uringani, biroq Rossiya va Xitoy Xavfsizlik Kengaşida bunga tösqinlik qilganini eslatgan.

Maʼlumot uçun, BMT Xavfsizlik Kengaşi tomonidan Şimoliy Koreyaga nisbatan joriy qilingan sanktsiyalar qatoriga tabiiy gaz taʼminotiga embargo va qayta işlangan neft mahsulotlari eksportini çeklaş kabi köplab çoralar kiradi. Şuningdek, mamlakatdan dengiz mahsulotlari, töqimaçilik, kömir, temir rudasi, boşqa xom aşyo va foydali qazilmalar sotib oliş, işçi kuçini eksport qiliş taqiqlangan. 

Taxminlarga köra, uşbu çeklovlarning barçasi KXDRni xom aşyo va tovarlar eksportidan keladigan daromadning 90% dan köproğidan mahrum qiladi.

Eslatib ötamiz, oldinroq Xitoy Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning Amerika Qöşma Ştatlari Şimoliy Koreyaga nisbatan sanktsiyalar bosimini töxtatib, Koreya yarim orolini yadrosizlantirişga nisbatan öz munosabatini qayta körib çiqişi kerakligini aytgandi.


×