Rossiya BRICS sammitida Putinni Lavrov bilan almaştirişdan boş tortdi

Rossiya BRICS sammitida Putinni Lavrov bilan almaştirişdan boş tortdi

Rossiya Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Kiril Ramafosaning avgust oyida bölib ötadigan BRICS sammitida Rossiya rahbari Vladimir Putinni Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan almaştiriş haqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqda Afrika davlati vitse-prezidenti Pol Maşatile “Mail & Guardian” naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.

Janubiy Afrika tomoni Rossiya Taşqi işlar vaziri bölajak tadbirda Rossiya delegatsiyasiga boşçilik qiliş istagini bildirgan.

“Biz Rim statutisiga rioya qilişimizni tuşunamiz, lekin birovni taklif qilib, keyin qamab qöya olmaymiz. Kelmasa xursand bölardik", deydi Pol Maşatile.

Şuningdek, u Hindiston va Braziliya sammitni Xitoyga köçiriş variantini rad etganini qöşimça qilgan.

Avvalroq Janubiy Afrika Rossiya Prezidenti Vladimir Putin avgust oyida bölib ötadigan BRICS sammitiga borsa, Xalqaro jinoiy sud (XJS)ning uni hibsga oliş uçun çiqargan orderini çetlab ötiş variantlarini körib çiqayotgandi. Jumladan, uning örniga Rossiya Taşqi işlar vaziri Segey Lavrovning uşbu sammitda iştirok etişi söralgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olişga order bergan, çunki ular bolalarning noqonuniy deportatsiyasi bilan boğliq harbiy jinoyatlar uçun javobgar deb topilgandi. Janubiy Afrika hukumati Vladimir Putinni bölajak BRICS sammitida iştirok etişdan boş tortişga çaqirdi va Kremlni Putinni videoaloqa orqali sammitda iştirok etişga köndirişga urindi.

Maʼlumot uçun, BRICS davlatlariga Rossiya, Braziliya, Xitoy, Hindiston va Janubiy Afrika kiradi. Şuningdek, avvalroq 19 ta davlat BRICS guruhiga qöşiliş niyatini bildirgandi.


×