Putin Ukrainaga ğalati ayb qöydi

Putin Ukrainaga ğalati ayb qöydi

Rossiya rahbarining aytişiça, noyabr oyida AQŞda prezidentlik saylovi kampaniyasi boşlanadi. Bu vaqtga kelib, Jo Bayden maʼmuriyati Ukrainaning qarşi hujumidan natijalar kutadi.

Putinning sözlariga köra, amerikaliklar «ukrainlarni uruşni davom ettirişga undamoqda, çunki ular ukrainaliklarga açinişmaydi». Uning qöşimça qilişiça, Ukraina rahbariyati ham öz aholisiga açinmaydi, ular «odamlarini öçoqqa taşlab» uruşni çözişmoqda.

Putin, agar Vaşington tinçlik istasa, Kiyevni muzokaralarga qöyilgan taqiqni bekor qilişga köndirişi kerakligini aytdi. Uning qöşimça qilişiça, Ukraina qurolli kuçlari qarşi hujumni davom ettirayotgan bir paytda Rossiya harbiy harakatlarni töxtata olmaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya bu uruşda köproq odam yöqotayotgani aytilgandi. Umumiy yöqotişlari 300 mingga yaqinlaşayotgani: 120 ming kişi halok bölgani va 170-180 ming kişi yaralangani qayd etilgandi. Ukraina esa 70 minggaça askarini yöqotgan va 100-120 ming nafari yaralangan.

CNN manbasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina uruşini 2024 yilgi AQŞ prezidentlik saylovlarida Donald Tramp ğalaba qilgunga qadar çözmoqçi ekani ham xabar qilgandi.


×