Kiyevning Borispol aeroportida Rossiya ramzlari tuşirilgan kiyimda uçib kelgan Özbekiston fuqarosini Ukrainaga kiritişmadi. Bu haqda «Korrespondent.net» Ukraina davlat çegara xizmatining şanba, 11 noyabrdagi xabariga asoslanib yozmoqda.
Obdon teşiruv çoği gap nimadaligini anglagan özbekistonlik ukrain xalqidan keçirim söragan, ammo bu naf bermagan.
Aytilişiça, çet el fuqarosining ustidagi kiyimlar çegara posbonlarining alohida eʼtiborini tortgan.
«Sayohatçining kiyimida agressor-mamlakatning bayroq va gerbi hamda Russian national team yozuvi tasvirlangan edi. Özbekiston fuqarosi obdon tekşiruv uçun xizmat xonasiga taklif etildi, bu yerda u tegişliça kiyinmaganini tuşunib, ukrainaliklardan keçirim söradi. Biroq bu uning Ukraina çegarasini kesib ötişi uçun yetarli bölmadi, çunki çegara nazorati paytida u taşrifdan maqsadini dalillay olmadi», — deyiladi xabarda.
Xabarga köra, xorijlik (özbekistonlik), Ukrainaga öz fermer xöjaligi uçun traktor sotib olişga kelganini aytgan. Biroq sörov payti na fermasi haqida, na kimdan va qanday traktor xarid qilmoqçi ekanini ayta olgan.
Sayohatçining yonida qişloq xöjaligi texnikasi sotib oliş tugul, hatto mehmonxonada tunaş uçun yetadigan pul ham yöq edi, deyiladi xabarda. Uning yuklari siğimi esa Ukrainada bölib turiş uçun belgilangan muddatga nisbatan ança yuqori bölgan.
Oxir-oqibat «fermer» Toşkent reysi bilan ortga uçib ketgan.









