Kiyim-keçak va tibbiy mahsulotlar Lviv viloyatiga yetkazildi.
18 avgust kuni Ukraina-Özbekiston xalqaro döstligi jamiyati raisi Lyubomir Başinskiy Özbekistondagi nodavlat notijorat taşkilotlari va biznes vakillari tomonidan yiğilgan 10,5 tonna gumanitar yukni qabul qilib oldi. Bu haqda Ukrainaning Toşkentdagi elçisi Nikolay Doroşenko xabar berdi.
Ukrainaga jami 785 844 grivna (21,3 ming dollar) qiymatga ega qişki, sport, ayollar va bolalar poyabzallari, bolalar uçun trikotaj mahsulotlari jönatilgan. Şuningdek, jami 157 771 grivna (taxminan 4280 dollar) qiymatga ega tibbiy şprits, tibbiy paxta va infuzion tizimlar yuborilgan.
Foto: Facebook / Mykola Doroshenko
Insonparvarlik yordami allaqaçon Lviv viloyatining Drohobiç tumani maʼmuriyati, Ijtimoiy siyosat boşqarmasi va Lviv viloyati maxsus tibbiy yordam böyiça kengaşiga berilgani aytilmoqda.
«Bunday insonparvarlik aktsiyasi iştirokçilariga samimiy minnatdorçiligimni va amalga oşirilgan işlar uçun janob Başinskiyga alohida minnatdorçilik bildiraman», deb yozdi elçi Nikolay Doroşenko.










