UAZ Özbekistonda avtomobil yiğişni yölga qöymoqçi

UAZ Özbekistonda avtomobil yiğişni yölga qöymoqçi

Rossiyaning Ulyanovsk avtomobil zavodi (UAZ) Özbekistonda avtomobil yiğişni yölga qöymoqçi. Buning uçun Toşkent viloyatidagi “Çirçiq” texnoparki maydoni körib çiqilmoqda.

“UAZ vakillari Özbekistonda avtomobil yiğişni yölga qöyiş niyatini bildirdi va buning uçun texnopark maydonlarini körib çiqmoqda”, — deyiladi texnopark matbuot xizmati xabarida.

Maʼlum qilinişiça, UAZ Rossiya avtomobil zavodi vakillari 21 avgust kuni “Çirçiq” kimyo-industrial texnoparkiga taşrif buyurib, bu boradagi qiziqişini bildirgan. Taşrif davomida mehmonlar texnopark faoliyati bilan tanişdi va rezident maqomini olgan investorlar uçun imkoniyatlar haqida gapirib berildi.

“Ulyanovsk avtomobil zavodi” (UAZ) 1941 yilda taşkil etilgan. UAZ savdo markasi ostida yuqori ötiş qobiliyatiga ega töliq ğildirakli yengil va kam tonnajli yuk-yölovçi avtomobillarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. 2000 yildan Sollers avtomobil kontserni tarkibiga kirdi.

Bundan bir neça yil avval UAZning MDH bölimi rahbari Aleksey Zabolotnov UAZ avtomobillarini Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş rejasi haqida gapirgandi. “Özbekistonda avtomobil biznesi borasida juda yaxşi imkoniyatlar bor”, — degan edi u Toşkentda ötkazilgan körgazmada.


Teglar:
×