Özbekiston va Eron imtiyozli savdoni yölga qöymoqçi

Özbekiston va Eron imtiyozli savdoni yölga qöymoqçi

Özbekiston va Eron imtiyozli savdo töğrisidagi bitim böyiça muzokaralarni jadallaştirmoqçi. Bu haqda joriy yilning 22 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning Eron Islom Respublikasining iqtisodiy masalalar böyiça vitse-prezidenti Muhsin Rezaiy bilan videokonferentsiya şaklida ötkazgan muzokaralari çoğida aytib ötildi.

Qayd etilişiça, muzokarada investitsiyaviy hamkorlik sohasiga eʼtibor qaratilib, quriliş materiallari işlab çiqariş, quriliş, qişloq xöjaligi, baliqçilik, farmatsevtika, elektrotexnika, kimyo va yengil sanoat sohalarida yangi loyihalarni amalga oşiriş uçun keng imkoniyatlar yaratilgani taʼkidlangan. Yangi istiqbolli loyihalarni işlab çiqiş va ularni amalga oşiriş böyiça hamkorlarni izlab topiş yuzasidan kelişuvga erişilgan.

“Özaro savdo sohasiga alohida eʼtibor qaratildi. Özbekiston-Eron savdo aylanmasining ijobiy dinamikasi, jumladan, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida özaro savdo hajmi 74,4 foizga oşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar Özbekiston va Eron örtasida Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim loyihasi ustida olib borilayotgan işlarni kuçaytirişga kelişib oldilar”, deyiladi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi xabarida.

Şuningdek, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş istiqbollariga ham töxtalib ötilgan.

Yaqin kelajakda qator ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning 14-yiğilişi, şuningdek, ikki mamlakat işbilarmon doiralari vakillari iştirokida biznes-forum taşkil etiş masalalari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Muzokaralar yakunida Özbekiston bilan Eron örtasida investitsiyalar, sanoat, savdo va transport sohalarida hamkorlikni kengaytiriş böyiça “Yöl xaritasi”ni işlab çiqiş va tasdiqlaşga kelişilgan.

×