Özbekiston Maxaçqalʼaga muntazam parvozlarni yölga qöymoqçi

Özbekiston Maxaçqalʼaga muntazam parvozlarni yölga qöymoqçi

Özbekiston diniy turizmni rivojlantiriş maqsadida 2022 yil bahorida Maxaçqalʼaga (Doğiston) muntazam parvozlarni yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Özbekistonning Rostov-Dondagi boş konsuli Rustam Qörğonboyev maʼlum qilgan.

“Özbekiston va Rossiya örtasida özaro manfaatdorlik hamda almaşinuv bölişi kerak, toki özbeklar sizga, siz esa bizga keling. Buning uçun davlat aviakompaniyasi bahorda Maxaçqalʼaga reys yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Barçani taşrif buyurişga taklif qilamiz. Samarqandni, Buxoroni, Xivani köring - bular 3 ming yillik tarixga ega buyuk şaharlar, haqiqiy şarqona ertak”, deydi Qörğonboyev.

Uning sözlariga köra, aviaqatnovlarning oçilişi birinçi navbatda diniy turizmni rivojlantiriş uçun muhim ahamiyatga ega.

Diplomat Özbekistonda ziyorat turizmini rivojlantiriş böyiça Prezidentning körsatmasi borligini aytib, Rossiyadagi Boşqirdiston, Tatariston respublikalari va Şimoliy Kavkaz viloyatida musulmonlar borligini taʼkidlagan. 

“Ötgan yili biz Çeçeniston va Inguşetiyadan ham vakillar bölgan Doğistonda ziyorat turizmi taqdimotlarini ötkazdik. Grozniy ham reysni yölga qöymoqçi, endi ular yangi aeroport qurmoqda”, deya qöşimça qildi boş konsul. 

Aytiş joizki, joriy yil yanvar oyi boşida Maxaçqalʼa aeroporti Matbuot xizmati 20 yanvar kuni Doğistondan Buxoroga birinçi töğridan-töğri reyslarni yölga qöyiş rejalaştirilgani haqida maʼlum qilgan.

“Özbekiston talabgir yönaliş hisoblanadi. Maxaçqalʼa aeroportidan Buxoroga samolyotlarning örtaça 80 foiz qismi töladi, qarama-qarşi yönalişda esa 90 foizga yaqinni taşkil etadi”, degan Mahaçqalʼa aeroporti Matbuot xizmati rahbari Sapura Magomedova.

×