Çeçeniston rahbari unga suiqasd uyuştirmoqçi bölganlar har qanday holatda ham yutqazişiga işonç bildirdi.
Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov “Rossiya 1” telekanali efirida Ukraina va Ğarb maxsus xizmatlari unga qarşi teraktlar tayyorlayotganini aytdi.
“Ular mendan qutuliş uçun hamma narsani qilişmoqda. Yevropa razvedka idoralari menga qarşi Ukrainadagilar orqali teraktlar tayyorlayotgani haqida maʼlumotlar bor”, - dedi u.
Şu bilan birga, Çeçeniston rahbari unga suiqasd uyuştirmoqçi bölganlar har qanday holatda ham yutqazişiga işonç bildirdi.
“Meni ming marta öldirişsa ham, ular meni işontira olmaydi. Agar ölsak, biz ğalaba qozonamiz! Tirik qolsak, 100 foiz yutamiz. Baribir ular istagandek bölmaydi”, - deb qöşimça qildi Qodirov.
Şuningdek, u Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanovning “ruslarni dunyoning istalgan nuqtasida öldiramiz va bu voqea ğalaba qozongunimizga qadar davom etadi” degan sözlariga ham izoh berdi.
“Budanovning kelajagi yöq. U bir umr kamerada çiriydi yoki birgina öq unga kifoya. Çunki rus xalqining öz himoyaçilari bor”, - dedi Çeçeniston rahbari.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning avgust oyida jurnalist va siyosatşunos Darya Dugina avtomobil portlaşi oqibatida halok böldi, aprel oyida taniqli harbiy qömondon Vladlen Tatarskiy Sankt-Peterburgdagi portlaş qurboni böldi.









