Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya delegatsiyasining 2024-yilda Parijdagi Olimpiada öyinlarida iştirok etişiga qarşi çiqdi. Bu haqda u keça, 7 sentyabr kuni “L'Equipe” gazetasiga bergan intervyusida malum qildi.
"Parijdagi Olimpiya öyinlarida Rossiya bayroği bölişi mumkin emas. Uruş jinoyatlarini sodir etayotgan Rossiyaga Olimpiadada örin yöq”, degan Makron.
Unga köra, rossiyalik sportçilarning Olimpiada öyinlaridagi individual iştiroki haqidagi qaror Xalqaro olimpiya qömitasida qoladi.
“Hal qilinişi kerak bölgan asosiy masala şuki, baʼzan butun umrini tayyorgarlikka sarflaydigan va tuzum qurboni bölayotgan rossiyalik sportçilarga Olimpiada öyinlarida qanday joy beriş kerak?”, degan Prezident.
Şuningdek, Makron rossiyalik sportçilarning Frantsiya poytaxtida bölib ötadigan Olimpiada öyinlarida iştirok etişi masalasini siyosiylaştirmaslik kerakligini taʼkidladi.
Maʼlumot uçun, Parij 2024 yil 26 iyuldan 11 avgustgaça bölib ötadigan XXXIII yozgi Olimpiya öyinlariga mezbonlik qiladi. Ammo futbol va regbi musobaqalari 24 iyulda, gandbol musobaqasi esa 25 iyulda boşlanadi. Uç haftadan sal köproq vaqt içida 32 sport turi böyiça 329 ta sovrinlar töplami öynaladi. Unda 206 ta Milliy olimpiya qömitalari va qoçqinlarning olimpiya terma jamoasi iştirok etadi.
Eslatib ötamiz, oldinroq Ukraina Boş vaziri Denis Şmigal 2024 yilda Parijda bölib ötadigan yozgi Olimpiada öyinlarida Rossiya va Belarus sportçilari iştirok etsa, Ukraina va 35 davlatdan iborat koalitsiya musobaqani boykot qilişga tayyor ekanini aytgandi. Rossiya Federatsiyasi Sport vazirligi esa 2022 yildan beri 67 nafar rossiyalik sportçi fuqaroligini özgartirganini maʼlum qilgandi.









