Bu haqda AOKAda ötkazilgan brifingda Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi boşqarma boşliği Nurbek Pölatov maʼlum qildi.
Respublikamizning 7 ta viloyati 21 ta tumanida yer osti suvlari sathining 5 metr va undan ortiq pasayib ketayotgan holatlari qayd etilib, mazkur hududlarda suvga quduq burğilaş va ulardan foydalaniş böyiça moratoriy joriy etildi.
Moratoriy joriy etilgan hududlar yer osti suvlari holatidan kelib çiqib, har yili yangilab boriladi hamda vazirlikning veb-sayti va boşqa oçiq manbalarda eʼlon qilinadi.
Yer osti suvlari sathning örtaça köp yillik sathga nisbatan 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yer osti suvlaridan faqat içimlik maqsadlarida foydalaniş mumkin.
Bunda yerlarni suğoriş va işlab çiqariş maqsadlariga gidrogeologik xulosa beriş, yer osti suvlariga quduqlarni burğilaş hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovçi texnologiyalarsiz suğoriş taqiqlanadi.









