“Yangi Özbekistondagi eskiça qaraş”. Suv “sçyotçik”larini örnatiş isteʼmolçi böyniga ilinmoqda

“Yangi Özbekistondagi eskiça qaraş”. Suv “sçyotçik”larini örnatiş isteʼmolçi böyniga ilinmoqda

Endi xonadonlarga suv hisoblagiçlarni örnatiş va hisobini yuritiş majburiyatlari suv taʼminoti korxonasi emas, isteʼmolçi böyniga ilinişi mumkin. Bu haqda bugun, 28 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi depututlari tomonidan qabul qilingan “Içimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş töğrisida”gi qonun loyihasida keltirilgan.

Taʼkidlanişiça, mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi içimlik suv taʼminoti va oqava suv çiqariş bilan boğliq masalalarni qonun bilan tartibga solişga xizmat qiladi.

Şuningdek, qonun loyihasida suv taʼminoti taşkilotlari bilan bir qatorda isteʼmolçilarning huquqlari va majburiyatlari ham belgilab berilgan.

Rasul Kuşerboyevga köra, qonunning 18-moddasida suv hisoblagiçlarni örnatiş, hisobini yuritiş, avariyani bartaraf etiş va hokazo majburiyatlar suv taʼminoti korxonasi emas, isteʼmolçi böyniga ilingan.

“Qança harakat qilmaylik suv taʼminoti masalasida yangi Özbekistondagi eskiça qaraş qoldi… Davlat byudjetidan milliardlab pul olib, ortga qaytarmaydigan, biroq isteʼmolçi uçun bitta hisoblagiç örnatişni böyniga olmaydigan tarmoqning isteʼmolçilar bilan şartnoma asosida teng şartlarda işlaymiz, deyişi absurddan bölak narsamas”, deydi Kuşerboyev.

Agar qonun loyihasi tasdiqlansa yana hozirgidek elektr energiyasi, gaz taʼminotidan farqli ölaroq suv hisoblagiçlarni isteʼmolçi öz mablağlari hisobidan örnatişi, hisobini yuritib, doimiy taʼminotçi korxonani xabardor qilib borişi kerak böladi.

Mazkur qonun loyihasi depututlar tomonidan uçinçi öqilişda qabul qilindi, endi Oliy Majlis Senatiga yuboriladi.

×