Namanganda bir oy avval yonğin yuz bergan Çortoq dehqon bozori qayta qurilib, foydalanişga topşirildi

Namanganda bir oy avval yonğin yuz bergan Çortoq dehqon bozori qayta qurilib, foydalanişga topşirildi


Namanganda bundan qariyb bir oy avval röy bergan yonğindan jiddiy zarar körgan Çortoq dehqon bozori qayta qurilib, foydalanişga topşirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.


Bozorning 16 ta pavilonida 350 ta savdo rastasi barpo etilib, sotuvçi va xaridorlarga qulay şaroit yaratildi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari alohida joylaştirildi.

 Foto: Rahmonjon Mamadaliyev

Majmuadagi savdo dökonlarida ham quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilib, atrof obodonlaştirildi. Darvozadan kirişda favvoralar işga tuşirildi.

 Foto: Rahmonjon Mamadaliyev

“Bozorda röy bergan yonğindan söng bu yerni qisqa muddatda avvalgidan ham yaxşi holatga keltiriş uçun astoydil saʼy-harakatlar olib borildi. Buning uçun 5 milliard sömga yaqin mablağ sarflandi. Bozor va uning atrofida obodonlaştiriş işlari hali yana davom ettiriladi”, — dedi tadbirda iştirok etgan viloyat hokimi Şavkat Abdurazzaqov.

 Foto: Rahmonjon Mamadaliyev

Maʼlumot uçun, Çortoq dehqon bozorida joriy yil 5 avgust kuni tongda yuz bergan yonğin oqibatida 6 ta dökon, 35 ta savdo rastasi yonib ketgandi.



Teglar:
×