Namanganda «Norindaryo» köprigi foydalanişga topşirildi

Namanganda «Norindaryo» köprigi foydalanişga topşirildi

Namangan viloyatining Norin tumanini viloyat markazi bilan boğlovçi “Norindaryo” köprigi foydalanişga topşirildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Farğona halqa yölining 98-kilometrida joylaşgan Norin daryosi ustidan ötgan avtomobil köprigi harakatlaniş joriy yil 24 aprel kuni töxtatilgandi. Bunga 1962 yilda barpo etilgan köprikda kuzatilgan darz va yoriqlar sabab bölgandi.

Andijon va Namangan viloyatlarini avtomobil yöli orqali özaro boğlaydigan Norin daryosi ustidan ötgan mazkur inşoot 6 oy davomida “Özbekiston temir yöllari” aktsiyadorlik jamiyatiga qaraşli “Köprikquriliş tresti” unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan rekonstruktsiya qilindi. Buning uçun 8,3 milliard söm mablağ sarflandi.

Köprik 2 tasmali avtobil yölidan iborat bölib, undan 1 soatda 834 ta, sutkasiga esa 20 mingdan ortiq avtomobil ötkaziş imkoniyati mavjud.

Rekonstruktsiyadan söng mazkur köprikning eni qariyb 1,5 metrga kengaytirilib, ikki çetida piyodalar uçun yölaklar ham qurildi. Yölaklarning yon qismiga balandligi 1 metr 15 santimetrlik temir panjaralar örnatildi. Hozirda köprikning uzunligi 275, eni 10, balandligi esa 7 metrni taşkil etmoqda.

Norin hamda Uyçi tumanlariga ötib qaytadigan piyodalarning keçki paytda ham köprikda bemalol harakatlanişlarini taʼminlaş uçun 13 ta elektrodiodli yoritgiçlar örnatildi.

   Maʼlumot uçun, 160 mingdan ortiq aholiga ega Norin tumani fuqarolari viloyat markaziga qatnaş uçun 6 oy davomida Uçqörğon va Baliqçi tumanlari orqali aylanib borişiga töğri kelgan.

Köprikni foydalanişga topşiriş marosimida viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov iştirok etdi.

“Xalqimizda “Köprik qurganning savobi uluğ” degan naql bekorga aytilmagan. Bugun foydalanişga topşirilayotgan inşootni tubdan rekonstruktsiya qiliş Prezidentimiz qarorlari bilan amalga oşirildi. Uşbu köprik xalqimizga köp yillar davomida xizmat qiladi degan umiddaman”, — dedi Şavkatjon Abdurazzaqov.

Şundan söng ramziy lenta qirqilib, yangi köprik orqali avtomobillar va yölovçilar harakatlanişi boşlab berildi.

×