Özbekiston Qirğizistonga ötişi kerak bölgan elektrni ham isteʼmol qilyapti – Qirğiz energoxoldingi

Özbekiston Qirğizistonga ötişi kerak bölgan elektrni ham isteʼmol qilyapti – Qirğiz energoxoldingi

Bugun, 12 dekabr kuniBugun Qirğiziston Milliy energetika xoldingi mutasaddilari iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida mamlakatdagi elektr energiyasi taqçilligi, qöşni davlatlardan import qiliş haqida söz bordi.

Milliy energetika xoldingi boşqaruvi raisi Talaybek Bayğoziyevga köra, mamlakat joriy yil uçun Turkmanistondan 1,3 milliard kilovatt-soat energiya sotib oliş böyiça şartnoma imzolagan bölsa-da, xali bu hajmni töliq import qilib olganiça yöq.

Matbuot anjumanida bunga Özbekistonda kuzatilayotgan elektr energiyasi taqçilligi sabab qilib körsatilgan.

«Özbekiston tranzitor davlat sifatida özida kuzatilayotgan energetika taqçilligi paytida bunday hajmlarni ötkazib yubora olmaydi. Ular haqiqatda uşbu elektr energiyasini olyapti va şu sabab bizga yetib kelmayapti. Umuman olganda, ular öz zimmalariga isteʼmol qilgan elektr energiyasini qaytariş böyiça majburiyat olganlar», – deydi Baygaziyev.

Baygaziyev, şuningdek, «qöşnilarning ehtiyojlarini tuşuniş kerak»ligini, energetiklar, masalan, isteʼmolning eng yuqori soatlarida bir-biriga yordam berib kelişini taʼkidlagan.

Maʼlum qilinişaça Qirğiziston joriy yil Qozoğiston bilan ham 450 million kilovatt-soat import böyiça kelişuvga erişgan va bu elektr quvvati allaqaçon mamlakat isteʼmoliga yönaltirilgan. Şuningdek, dekabr oyi uçun ham 200 million kilovatt-soatgaça yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolangan, biroq Qozoğistondagi Ekibastuz stansiyalarida işlab çiqaruvçi uskunalarning avariyali nosozliklari sodir bölayotgani bois hozirça import töxtab qolgan. 


×