Autizmning ilk belgilari: ota-onalar nimalarni bilişi kerak?

Autizmning ilk belgilari: ota-onalar nimalarni bilişi kerak?

«Autizm ijtimoiy-iqtisodiy holati, boyligi, statusi, umumiy soğliq holatlari va boşqa-boşqa omillardan qatʼi nazar istalgan kişining hayotida uçraşi mumkin». Sunʼiy intellekt bilan autizm spektriga oid buzilişlar haqidagi suhbatda eng eʼtiborga molik jumla şu. Bu autizm ertaga sizning, mening yoki boşqa istalgan kimningdir hayotiga bir bolakay hamrohligida kirib kelişi mumkinligini anglatadi. Autizmdan heç kim himoyalanmagan. Şu örinda bir taʼkidli savol — autizmdan himoyalaniş kerakmi özi?

Özbek jamiyatida autizm mavzusi bilan boğliq salbiy tavsiflar, tasavvurlar köp. Autizmning keng jamoatçilik içida notöğri tuşunilişi va talqin qilinişi, narrativlar, davlat, hukumatning autizm bilan boğliq reabilitatsiya işlariga nönoqligi, ota-onalarning autizmning ilk belgilarini anglamasligi, jamiyat orasida autistik kişilarga nisbatan stigmalaşgan qaraşlar şular jumlasidandir.

Bular içida eng birinçi navbatda ahamiyat berilişi zarur bölgan masala bu ota-onalarning autizmning ilk belgilaridan xabarsizligi muammosidir. Çunki, yuqorida aytilganidek, heç kim autizmli farzandni dunyoga keltirişdan «himoyalanmagan». Autizmning ilk belgilarini payqaşga yomğirda soyabon oçişga tayyor bölgandek tayyor böliş kerak.

Autizm nima özi?

Yuz minglab auditoriyaga ega özbek tilli OAVlarda kasallik deya taʼriflanişiga qaramay, autizm sindrom hisoblaniladi. U nevrologik holat sanalib, autistik kişilar normatipik kişilardan ijtimoiy-kommunikativ könikmalar va qobiliyatlar jidatidan farq qiladilar. Autizm kasallik emas va unga çalinilmaydi. Haqiqat şuki, vaktsinalar, texnologiyalar taʼsiri va boşqa bir qança öz isbotini töla topmagan gipotezalarga qaramay, kişi autizm bilan tuğiladi. 

Autizm …

 

Sörovnomada qatnaşgan 150 ga yaqin kişi autizm haqida özining bazaviy tuşunçalarini belgilagan.

Autizmning sababi nima?

Autizmning yuzaga keliş sabablari bugungi kungaça aniq asoslab berilmagan bölib, irsiy va atrof-muhit omillarni uning yuzaga kelişidagi sabablar qatoriga kiradi. Bu örinda adaştirmaslik kerakki, autizm avloddan-avlodga doim ötadi deyiş xato. Yaʼni u inson genetikasining qaysidir burçaklarida uxlab yotişi, asrlab yuzaga çiqmasligi va neçadir avlod almaşinuvidan keyin qandaydir sabab bilan yoki şunçaki sababsiz yangi tuğilgan çaqaloqqa hamroh sifatida hayotingizga kirib kelişi mumkin. Bu şuni anglatadiki, sizning neçadir asr avval yaşagan ajdodingizning genlaridagi noodatiylik aynan sizning hayotingizga taʼsir ötkazişi mumkin. Xullas, bu yerda özbekçilikning «yetti puştini suriştirib qiz oliş» amaliyoti ham iş bermaydi. 

Autizmning sabablari orasida qaysilar bor?

Sörovnomada qatnaşgan 150 ga yaqin kişi autizm haqida özining bazaviy tuşunçalarini belgilagan.

Homiladorlikda vitamin yetişmovçiligi, stresslar, toza bölmagan atrof-muhit, katta yoşdagi ota-onalik kabi holatlar autizmga ehtimoliy sabablar sifatida köriladi, yaʼni bu omillar öşa uxlab yotgan genlarni kutilmaganda uyğotib yuborişi mumkin, şuningdek, uyğotib yubormasligi ham. Mutlaqo ideal şaroitda ötgan homiladorlikdan keyin ham ham autistik çaqaloq dunyoga kelişi mumkin. Endi nega autizm hamma bilişi, tuşunişi kerak bölgan mavzu ekanligini tuşunayotgandirsiz? Bu «lotoreya» ertaga kimning çekiga tuşişini heç kim bilmaydi.

Autizm qanday namoyon böladi?

 

Sörovnomada qatnaşgan 150 ga yaqin kişi autizm haqida özining bazaviy tuşunçalarini belgilagan.

Yana nimalarni biliş kerak?

Birinçi navbatda autizm bilan boğliq narrativlarga aniqlik kiritib ötiş maqsadga muvofiq. Özbek jamiyatida mazkur u qadar yangilik sanalmaydigan tuşunçani anglaş bilan boğliq böşliqlar borligi sababli autistlar deganda köpçilikning xayoliga aqliy qobiliyatlari normadan orqada bölgan, öz harakatlarini nazorat qila olmaydigan odamlar keladi.

Aqliy zaiflik va autizm mutlaqo alohida-alohida tuşunçalar bölib, autist kişi intellektual jihatdan normatipik kişiga qaraganda ustunroq bölişi yoki aksinça autistik bölmagan kişilarda aqliy jihatdan orqada qoliş kuzatilişi mumkin. Şuningdek, autistik şaxslar odatda normatipik şaxslardan taşqi körinişi jihatdan ajralib turmaydi. Autizm haqida maʼlumotga egalik böyiça sörovlarimiz odamlar orasida autistik şaxslarning yuz qiyofasi özgaça böladi degan qaraşlar borligini körsatdi. Katta ehtimol bilan, bu holatda autizm Daun sindromi bilan adaştiriladi.

Autizm ikki turga bölinadi: yuqori funktsiyali autizm va past funktsiyali autizm. Yuqori funktsiyali autizm bilan yaşaydigan odamlar odatdagi hayotda siz-u bizning oramizda yaşay oladilar. Ular takrorlanuvçi harakatlar, muloqotga kirişişdagi qiyinçiliklar, odamlar bilan aloqaga kirişişdan köra maʼlum turdagi yumuşni yoqtiriş kabi öziga xosliklarni namoyon qilişlari mumkin. Past funktsiyali autizm esa köpinça yondoş soğlik muammolari bilan kelib (aqliy rivojlanişning ortda qolişi, baʼzan hatto harakatlaniş bilan boğliq muammolar), köpinça doimiy parvariş va kömakni talab qiladi. 

Autizmni u bilan yondoş kelişi mumkin bölgan tibbiy holatlar bilan adaştirib yubormaslik muhim. Va unutmaslik kerakki, autizm insonga umr davomida hamroh böladi. Maxsus terapiyalar yordamida odatiy hayotda yaşaşga xalaqit beruvçi jihatlarni korrektsiya qiliş mumkin, biroq autizm davolanmaydi. Çunki, yuqorida aytilganidek, u kasallik emas.

Autizm — qanday, qayerda va qaçon?

Autizm juda keng va hamon örganilayotgan mavzu. Bugun AQŞda har 36 boladan biri autizm taşxisini olyapti. Ğarb tajribasiga şubha bilan qaraydiganlar kişilar buni AQŞda ovqatlaniş, atrof-muhit, mentalitet «muammolari» bilan boğlaşga harakat qilsa-da, ilmiy manbalar buni rivojlangan mamlakatlardagi diagnostikaning rivojlanganligi bilan asoslaydi. Yaʼni ilgari köz yumilgan holatlar bugun yaxşiroq tadqiq qilinmoqda. Afsuski, bizda emas.

Autizmning ilk belgilari gödakning 12-14 oyligidayoq namoyon böladi. Rivojlangan mamlakatlardagi diagnostik yutuqlardan farqli ölaroq Özbekiston tibbiyoti bolaga 3 yoşigaça autizm diagnozini qöymaydi va odatda autizm bilan birga aqliy rivojlaniş ortda qolişi ham kuzatilgan bolalargina diagnoz olişga «muvaffaq bölişadi».

Biz bilan suhbatlaşişga rozilik berga onalar, ayrim med-personallar buni diagnoz olingan taqdirda davlat tomonidan körsatilişi kerak bölgan majburiy yordam bilan boğlaydilar. Özbekistonda yuqori funktsiyali autizm köpinça autizmning simptomlari qatorida bölgan nutqiy rivojlanişni ortda qolişi, psixo-nutqiy rivojlanişning ortda qolişi kabi diagnozlar bilan almaştiriladi. Bu esa ota-onaning salbiy maʼnoda tinçlanişiga, hotirjamlaşişiga sabab böladi. 

Autizmning ilk belgilarini ertaroq payqaş yuzaga kelişi mumkin bölgan qiyinçiliklarning oldini olişda juda muhim. Çunki töğri parvariş qilingan autistik bola kelajakda kutilganidan yaxşiroq natijalar körsatişi mumkin. Xöş, autizmning ilk belgilarini qanday farqlab olsa böladi? Autistik kiçkintoylar boşqa bolalardan qanday jihat(lar)i bilan farq qiladi?

Quyida autizmning eng keng tarqalgan simptomlarini sanab ötamiz:

  • Bola odatda ismiga eʼtibor bermaydi;
  • Yolğiz öynaşni yoqtiradi:
  • Közga qaraşdan qoçadi;
  • 12-14 oylik davrda ham oddiy murojaat nutqi (kel, ol, ber, qöy kabi sözlar, işoralar)ni tuşunmaydi;
  • Nimanidir istaganda körsatkiç barmoğini işlatmaydi;
  • Aylanuvçi jismlar, masalan, maşina baloniga boşqa öyinçoqlardan köproq qiziqadi;
  • Til imkoniyatlari jihatdan ortda qola boşlaydi;
  • Boşini devorga, yerga yoki qöli bilan uradi.

Yuqorida sanab ötilgan belgilarning hammasi ham va doim ham kuzatilmaydi. Lekin ota-ona tomonidan ularning bittasi payqalgan taqdirda ham, bu şifokor qabuliga boriş uçun asos böla oladi. Özbek ota-onalari orasida 2-3 yoşda ham biror söz ayta olmaydigan bolaga nisbatan befarqlik kuzatiladi, kattalar tomonidan «bobosi ham 5 yoşida gapirgan», «hamma bola har xil böladi», «özi köp multfilm köradi», «yolğiz katta bölyapti, şunga kamgap, unga uka obkeliş kerak», «onasi yaxşi qaramaydi, telefonga yopişib qolgan» kabi bahonalar tez-tez işlatiladi. Va, afsuski, yöqotilgan vaqt köp hollarda bolaning zarariga işlaydi.

Yaʼni autizmning ilk belgilarini imkon qadar erta payqaş va zaruriy çora tadbirlarni köriş bolaning kelajagi uçun muhimdir. Bu çora tadbirlar qatorida odatda gadjetlarni çeklaş, bola bilan köproq va aniqroq tilda gaplaşiş kabilar böladi. Töğri, hamma bola har xil, hamma bolaning tili har xil yoşda «çiqadi», biroq xarakterli jihati şundaki, normatipik bola bu yoşda gapirmasa ham, siz gapirayotgan gapni yaxşi tuşunadi va heç bölmaganda imo-işoralar, mimik harakatlar bilan muloqotga kirişadi.

Autistik bolalarning öziga xosligi ham aynan nutqni tuşuniş muammolari bilan boğliq bölib, u siz nima deyotganligingizni anglay olmaydi, şu sababli ham gapirmaydi, muloqotga kirişmaydi. Bu muloqot uzilişi ortidan autistik bolalarda normatipik bolalardagiga qaraganda köproq asabiylik, agressiya va norozilik kuzatilişi mumkin.  

Alohida taʼkidlaş muhimki, köp hollarda farzandidagi özgarişlarni sezgan ota-onalar ham yo hammasini vaqt izmiga topşirib, befarqlikni tanlaşadi yoki bölmasam, jamiyatdan uyalgan holda farzandidagi öziga xoslikni hammadan yaşirişga intilişadi, bolani uyda saqlaşadi.

Özbekistonda autizm reabilitatsiyasi bilan boğliq juda köplab muammolar bor, terapevt kadrlarning yetişmasligi, taşxis va korrektsiya metodlarining eskirganligi, ixtisoslaştirilgan muassasalarning kamligi şular jumlasidandir. Ammo bu muammolar haqida yozişdan oldin, eng avvalo, eʼtiborni ota-onalarning, umuman, jamoatçilikning autizm bilan boğlliq qaraşlariga qaratişga qaror qildik. Çunki, alal-oqibat, hamma masʼuliyat ota-onaning böynida qoladi.

Xulosa

Intellektual jihatdan tengdoşlaridan ança oldinda bölgan, biroq kommunikativ muammolarga ega autistik farzandni katta qilayotgan ona bilan suhbatda uning bir sözlari eʼtiborimizni tortdi: «Atrofga qarang, autist bölmagan odamlar bor, bugun ular qora işçi, işsiz yoki boşqa qandaydir statusda. Va autist odamlar bor, bugun ular olim, aktyor, ijodkor, millioner. Kişining muvaffaqiyatga erişişiga uning autizmi tösqinlik qila olmaydi. Autistlar bugun siz-u bizning oramizda. Ularni tuşuniş, töğri qabul qiliş va bunday bolalarga erta davrda biroz yordam berib yuboriş kerak xolos». Haqiqatan ham, bugun dunyo böylab bir qança maşhurlikka erişga kişilar özlarining autistik şaxs ekanliklarini eʼtirof etganlar.

Jamiyatimizda autizm bilan boğliq qörqinçli narrativlar yaşagani holda aslida autizm qörqinçli tuşunça emas, autizm xavfli emas, autizm hukm emas va autistlar bugun siz va bizning oramizda yaşaydi. Biz yetarli bilimga ega emasligimiz ortidan ularni odamovi, introvert yoki boşqa qandaydir nomlar bilan atarmiz balki. 

Sörovlarimiz natijasida köpgina ota-onalarning autizmning ilk belgilari haqida tuşunçaga egaligi, hatto dunyo böylab maşhur autistik şaxslarni tanişi aniq böldi va bu kişini quvontiradi. Ularning ayrimlari autizmni tuhfa deb qabul qilişlarini bildiradilar. Bu tuhfa kimga nasib etişini XXI asrda heç bir olim, şifokor va texnologiya aniqlab berolmaydigan bir paytda farzandi bilan boğliq özgariş va noodatiyliklarni anglaş, payqaş va tegişli çora köriş, u xoh autizm bilan, xoh boşqa tuşunça bilan aloqador bölsin, har bir ota-onaning burçidir. 

Dilbar Elamanova

Manba: Xabar.uz


Teglar:
×