Yangi yilning ilk kunida 1448 nafar çaqaloq dunyoga keldi

Yangi yilning ilk kunida 1448 nafar çaqaloq dunyoga keldi

Ulardan 732 nafari öğil bola, 716 nafari esa qiz bola.

2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga köra, mamlakatimizda jami 1448 nafar çaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinçi kunida tuğilgan gödaklarning 732 nafari öğil bola, 716 nafari esa qiz bola bölib, eng köp tuğiliş hozirça Samarqand viloyatida (193 nafar) qayd etildi.

Şuningdek, hududlar kesimida keyingi örinlarda:

Qaşqadaryo viloyati (146 nafar),

Farğona viloyati (137 nafar),

Andijon viloyati (131 nafar),

Namangan viloyati (123 nafar) band etdi.

Eng kam tuğiliş esa Sirdaryo viloyati (39 nafar) hissasiga töğri keldi.

Eʼtiborlisi, tuğilganlarning 8 nafari egizaklardir. Ayni paytda şifokorlarimiz gödaklarning barçasiga belgilangan standartlar böyiça sifatli tibbiy xizmat körsatişmoqda.

×