Germaniyaning Gamburg şahri sudi özbekistonlik milliarder Alişer Usmonovning Avstriyadagi “Kurier” gazetasiga qarşi daʼvosi böyiça hukm çiqardi. Sud gazetaning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Usmonovni “sevimli oligarx” deb atagani haqidagi bayonotini asoslab bera olmagani va bu bilan tadbirkorning huquqlari buzilganini aniqladi. Bu haqda sud hujjatlariga tayanib, “EU Today” naşri xabar berdi.
Sud qarorida söz erkinligi va Rossiya bilan aloqalasi bor taniqli işbilarmonlarning keng yoritilişi fonida potentsial zarar yetkazuvçi bayonotlarni tekşiriş böyiça tanqidiy fikr bildirilgan.
Bahs “Kurier”ning 2023 yil avgust oyida çop etilgan “Rossiya oligarxlari – Putin uruşlarining moliyaviy tayançi” sarlavhali maqolasi tufayli kelib çiqqan.
“Asli özbekistonlik Usmonov “Putinning sevimli oligarxi” maqomiga ega, bu unvon unga Putinning özi tomonidan berilgan”, deyilgan maqolada.
Biroq Putinning bunday bayonot bergani haqida heç qanday dalil yöqligini inobatga olib, sud bunday maʼlumotlar tarqatilişini taqiqladi.
“Naşr Putin Usmonovni “sevimli oligarx” deb atagani haqidagi bayonotning haqiqatligini isbotlay olmadi”, deyilgan sud hujjatlarida.
Gazeta esa öz himoyasida Usmonov “Putinning sevimli oligarxlaridan biri” deb taʼriflagan Yevropa Ittifoqi sanktsiyalarining mantiqiy qismini keltirgan. Sud hukmiga köra, uşbu maʼlumotnoma maqolani asoslaş uçun yetarli emas, deb topgan.
Maʼlumot uçun, Alişer Usmonov 2022 yil 28 fevraldan beri Yevropa Ittifoqi sanktsiyalari ostida bölib, AQŞ, Buyuk Britaniya va boşqa davlatlar ham unga nisbatan çeklovlar joriy qilgan. Joriy yilning avgustida Usmonov sanktsiyalar uning obrösiga putur yetkazayotganini aytib, xususiylaştirişda iştirok etmagani va “davlatdan heç qanday şubhali yordam” olmagani uçun uni oligarx deb hisoblaş mumkinligi haqidagi daʼvoni rad etgan.
“Bloomberg” xabariga köra, tadbirkor ötgan yilning aprel oyida sanktsiyalarga eʼtiroz bildiriş uçun YEI sudiga murojaat qilgan. Kuzda uning Germaniyadagi villalarida tintuvlar ötkazilgan. Germaniyaning “Tagesschau” portaliga köra, reydlar Usmonovning soliq tölaşdan böyin tovlaş, pul yuviş va sanktsiyalarni buzganlik haqidagi ayblovlari bilan boğlangan.
2022 yil noyabrida Usmonovning matbuot xizmati tadbirkorga nisbatan pul yuviş yoki soliq tölaşdan böyin tovlaganlikda gumon qiliş uçun asos yöqligini, “uning pullarining kelib çiqişi mutlaqo şaffof” ekanini aytgan.
Eslatib ötamiz, oldinroq Usmonov Bremen portidagi “Dilbar” yaxtasida ötkazilgan tintuvlar uning mulk daxlsizligiga bölgan huquqining buzilişi ekanini daʼvo qilib, Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilgandi.









