Hukumat qarori 10- yanvardan kuçga kiradi.
Birlaşgan Arab Amirliklari hukumati koronavirus infektsiyasiga qarşi emlanmagan fuqarolarning xorijga çiqişini taqiqlaşga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vazirligi maʼlum qildi.
"Favqulodda vaziyatlar, inqirozlar va tabiiy ofatlar böyiça milliy maʼmuriyat bilan kelişilgan holda, 10 yanvardan boşlab COVID-19 vaktsinalari bilan emlanmagan BAAning barça fuqarolariga xorijga çiqiş taqiqlanadi", — deyiladi vazirlik xabarida.
Bunday qarorni mamlakat hukumati dunyoning köplab mamlakatlarida koronavirus infektsiyasi bilan kasallaniş darajasi yuqoriligi sababli qabul qilingan. Emlanmaganlar uçun çet elga çiqiş faqat tibbiy sabablarga köra emlaş mumkin bölmaganlar, şuningdek, "gumanitar holatlarda" va davolaniş uçun sayohat qilganlar uçun ruxsat etiladi.









