Özbekistonda 4 ming tonnadan ziyod sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Özbekistonda 4 ming tonnadan ziyod sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Özbekiston böylab katta miqdorda talabga javob bermaydigan benzin sotilayotgani maʼlum böldi. Bu haqda “Özbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabar berdi. 

Joriy yilda kelib tuşgan murojaatlar asosida “Özenergoinspektsiya” xodimlari tomonidan ötkazilgan örganişlarga asosan Kuçlik neft bazasi (73,2 tonna), Navoiy neft bazasi ( 38,7 tonna), Urganç neft bazasi (2,072 ming tonna) va Buxoro neft bazasi (1,86 ming tonna) MÇJlarida saqlanayotgan avtobenzin sifati davlat standarti talablariga javob bermasligi aniqlangan. Bu hududlardagi neft baʼzalarida avtobenzin tarkibidagi qatron (smola) va oltingugurt (sera) miqdori belgilangan meʼyordan yuqori hamda bir holatda (“Navoiy neft bazasi” MÇJ) oktan soni meʼyoridan pastligi aniqlangan. Jami aniqlangan sifatsiz mahsulotlar miqdori 4,044 ming tonnani taşkil etgan.

Şuningdek, xabarda aytilişiça, Kuçlik (73,2 tonna) va Navoiy (38,7 tonna) neft bazalarida aniqlangan sifatsiz neft mahsulotlari tegişli normalar asosida örnatilgan tartibda tiklanib, isteʼmolçilarga sifatli tarzda yetkazib berilgan. Şundan söng neft mahsulotlarining sifati böyiça isteʼmolçilardan eʼtirozlar bölmagan.

“Urganç neft bazasi” MÇJ va uning Şovot hamda Xonqa filiallarida (2,072 ming tonna) aniqlangan sifatsiz avtobenzinning 587,0 tonnasi hamda “Buxoro neft bazasi” MÇJ va uning Qoraköl filialida (1,86 ming tonna) aniqlangan sifatsiz neft mahsulotlarining 323 tonnasini “Özenergoinspektsiya”ning majburiy körsatmasiga asosan, örnatilgan tartibda sifati tiklanib, isteʼmolçilarga yetkazib berilgan. Uşbu mahsulot böyiça ham isteʼmolçilardan eʼtirozlar kelib tuşmagan. Hozirgi kunda 1,485 ming tonna avtobenzinining sifatini tiklaş işlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Bundan taşqari, hozirgi kunda 1,537 ming tonna avtobenzinning sifatini tiklaş işlari davom ettirilmoqda. Neft mahsulotlari sifatining buzilişiga yöl qöygan 4 nafar rahbar va 4 nafar xodim faoliyatiga nisbatan huquqiy baho berilişi kutilmoqda.


Teglar:
×