2020 yil 2 sentyabr soat 23:30 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 42 540 (+103) nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 78 nafari Toşkent viloyatida, 23 nafari Toşkent şahrida hamda 2 nafari Farğona viloyatida tana harorati kötarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Şu bilan birga, Kattaqörğon tumanida yaşagan, Xorazm viloyatida davolangan 44 yoşli O.X. (erkak) hamda Yangiyöl tumanida yaşagan 63 yoşli N.X. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi.
Eʼtiborli jihati, bugun Toşkent viloyatida 103 nafar, Toşkent şahrida 98 nafar, Buxoro viloyatida 11 nafar, Farğona viloyatida 5 nafar hamda Qaşqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Şunday qilib, yurtimizda 39 883 (+219) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (93 foiz) soğaygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 328 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.









