Joriy yilning 14 avgust kuni Xitoy va Möğulistonda dunyodagi eng dahşatli kasalliklardan biri bölgan ölat aniqlandi. Xöş, özi bu kasallik nima va qanday yöllar bilan yuqadi? Kasallikning Özbekistonga kirib keliş xavfi qay darajada? Mazkur savollarga Sanitariya-epidemiologiya qömitasi javob berdi.
Mutaxassislarning fikriça, ölat – tabiiy öçoqli zoonoz kasalliklar guruhiga mansub infektsiya bölib, öta xavfli yuqumli kasallik hisoblanadi. Ölat odatda tabiiy öçoqdagi kasallik mikrobini yuqtirib olgan kemiruvçilar orasida tarqaladi. Kasal kemiruvçidan ölat mikrobi soğlom kemiruvçiga burgalar va kanalar çaqişi orqali yuqadi. Kasallikni yovvoyi hayvonlar orasida keng tarqalişi epizootiya jarayoni deb ataladi.
Epizootiya keçayotgan hududlarda muntazam yaşaydigan mahalliy aholi yoki mavsumiy işlaydigan odamlarga kasallik burga va kanalar çaqişi orqali yuqadi. Bunda asosan ölatning bubonli şakli (bubon – ölat mikrobi zararlagan va şişgan limfa tuguni) kuzatiladi. Bubon şaklidagi ölat hozirda 95-98 foizni taşkil qiladi. Kasallik vaqtida aniqlanib, zamonaviy davolaş çoralari öz vaqtida ötkazilganda, deyarli barça hollarda kasallanganlar tuzalib ketadi. Butun insoniyat tarixida yuz bergan uçta ölat pandemiyasi yuzlab million odamlar hayotiga zomin bölgan.
Agar ölat mikrobi havo orqali yuqsa öpka şakli, oğizdan yuqsa oşqozon-içak şaklida keçadi. Şaklidan qatʼiy nazar vaqtida davolanmagan bemorlarda mikrobni qonda köpayişi orqali sepsis şaklida oğir keçib ölimga sabab böladi.
Kasallik oğir intoksikatsiya sindromi, isitma, terining, limfa tugunlarining, öpkaning şikastlanişi, septik holat bilan tavsiflanadi. Özbekistonda mavjud tabiiy öçoqlarda epiootiyalarni vaqtida aniqlab ularni epidemiyaga aylanib ketmasligini oldini oliş bilan muntazam tizimli ravişda şuğullanadigan ölatga qarşi tizim muassasalari mavjud bölib, ular öçoqlar faollaşgan paytlarda kerakli profilaktik tadbirlar olib boriladi.
“Kasallikni havo yöllari va quruqlikdagi yöllar orqali çet ellardan kirib kelişini oldini oliş maqsadida 50 dan ortiq çegara kesib ötiş joylarida keçayu kunduz faoliyatdagi sanitariya-karantin punktlari taşkil etilgan. Yuqoridagilarni hisobga olib bizda heç qanday xavotirga örin yöq”, deyiladi qömita tomonidan berilgan maʼlumotda.









