Putin Mirziyoyevga AQŞ bilan muzokaralari haqida maʼlumot berdi

Putin Mirziyoyevga AQŞ bilan muzokaralari haqida maʼlumot berdi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 8 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining matbuot xizmatlari xabar berdi.

Prezidentlar ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar körib çiqqan. Rossiya Prezidenti 6 avgust kuni Moskva şahrida AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan ötkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida maʼlum qilgan.

Kreml matbuot xizmatining yozişiça, Şavkat Mirziyoyev uşbu Uitkoff bilan muzokaralar haqidagi muhim maʼlumot uçun minnatdorlik bildirib, Ukraina inqirozini hal qilişning siyosiy va diplomatik yöllarini izlaş borasidagi saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlaşini aytgan.

“Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi. Özaro tovar ayirboşlaş va investitsiya körsatkiçlarining ösiş surʼatini taʼminlaş, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş, hududlar darajasida sermahsul aloqalar, işbilarmonlik va gumanitar almaşinuvlarni davom ettirişga qaratilgan muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qilişga alohida eʼtibor qaratildi”, deyiladi Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Şuningdek, Özbekiston va Rossiya yetakçilari bölajak uçraşuv va tadbirlar rejasini ham körib çiqqan.


×