"Qodirovçilar" Rossiya tomonidan bosib olingan Mariupol yaqinidagi Urzuf qişloğida töqnaşuv uyuştirdi. Hodisa oqibatida tinç aholi halok böldi , deb xabar beradi “RBK-Ukraina” Mariupol merining maslahatçisi Petr Andryuşçenkoga tayanib.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, fojia 11 avgust kuni sodir bölgan. Andryuşçenkoning sözlariga köra, "Qodirovçilar" Urzuf qişloğiga dam olişga kelgan. Biroq ular bilan mahalliy harbiy komendatura örtasida mojaro kelib çiqqan. "Ular örtasida otişma böldi", deydi Andryuşçenko.
Uning sözlariga köra, hodisa natijasida rus askarlari halok bölgan, ularning soni nomaʼlum. Tinç aholi orasida qurbonlar ham bor. "Ölgan ikki ösmir qiz, tört yigit va bir ayol haqida maʼlum", - deydi Andryuşçenko.









