Robotlar iştirokida ilk futbol öyini bölib ötdi

Robotlar iştirokida ilk futbol öyini bölib ötdi

Xitoyda robotlar iştirokida dunyodagi birinçi futbol öyini ötkazildi. Bu haqda “Independent” xabar berdi.

Butunlay avtonom tarzda ötgan uşbu futbol öyinida faqat sunʼiy intellekt tomonidan boşqariluvçi gumanoyid robotlar qatnaşgan. Ular ilğor vizual sensorlar bilan jihozlangan bölib, töpni aniqlay oliş, maydonda harakatlaniş va yiqilgaç, öz-özidan turib ketiş imkoniyatiga ega edi.

Biroq hamma robotlar bu vazifani uddalay olmagan. Ulardan ikki nafari “huşini yöqotib”, yaʼni harakatga javob bermay qöygaç, maydondan olib çiqib ketilgan. 

Öyin köplab kulgili voqealarga boy bölgan va texnik xatoliklar yuz bergan. Robotlar sekin harakatlangan, bir-biriga urilgan, baʼzida esa yönalişni yöqotgan. Şunga qaramay, taşkilotçilar robotlar tomonidan atrofni anglaş va qaror qabul qiliş texnologiyalarida katta siljişlar kuzatilganini taʼkidlagan.

Booster Robotics kompaniyasi asosçisi Çen Hao bu kabi sport musobaqalari gumanoyid robotlar uçun mukammal sinov maydonçasi ekanini aytgan. U, şuningdek, kelajakda robotlar va odamlar birgalikda xavfsiz futbol öyinida iştirok etişlari mumkinligini ham aytib ötgan.

Tadbir taşkilotçilari bu kabi musobaqalar sunʼiy intellekt va gumanoyid robotlar imkoniyatlari haqida jamoatçilikni xabardor qilişga xizmat qilişini taʼkidlagan.


Teglar:
×