Putin topşiriği: Özbekiston va Rossiya hisob-kitoblarda rublga ötişi mumkin

Putin topşiriği: Özbekiston va Rossiya hisob-kitoblarda rublga ötişi mumkin

Özbekiston va Rossiya özaro hisob-kitoblarda dollardan voz keçib, rublga ötişi mumkin.  Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Joriy yilning 16 noyabr kuni Rossiya banki ilk marta Özbekiston Milliy banki obligatsiyalarining rubldagi emissiyasini röyxatdan ötkazgan. Obligatsiyalarning umumiy qiymati 15 mlrd rublga teng”, deydi Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Reşetnikov.

Qayd etilişiça, endi qimmatli qoğozlar bozorda sotiladi, şundan söng obligatsiyalar birjaga joylaştirilişi mumkin. 

“Bu Özbekistonga katta mablağlarni jalb qiliş imkonini beradi. Şuningdek, mamlakat Rossiya tovarlarini xarid qilişda ham foydalanişi mumkin. Hamkorlar uçun foyda tarafi – pulni dollarga aylantirişning hojati yöq, çunki barça hisob-kitoblar rublda amalga oşiriladi”, degan vazir.

Taʼkidlanişiça, rubldagi hisob-kitoblarni kengaytiriş şaxsan Putinning topşiriği bölgan.

Ikki davlatning özaro hisob-kitoblarda rublga ötişi haqida Özbekiston tomonidan heç qanday rasmiy maʼlumot berilmadi. Biroq iqtisodçi Otabek Bakirov bunday tartib Özbekiston uçun foydadan köra, zarar bölişini taʼkidladi.

“Rubldagi hisob-kitoblar qöşnilariga doimiy tahdidda bölgan ehtimoliy agressor bilan salbiy saldo hajmini yanada köpaytiradi. Yana bu bizning qarzimiz oşişi hisobiga röy beradi”, degan iqtisodçi Otabek Bakirov.

×