Rasman: Qozoğiston Rossiya-Ukraina uruşida Putinning tarafini tanladi

Rasman: Qozoğiston Rossiya-Ukraina uruşida Putinning tarafini tanladi

Qozoğiston Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkorligini töxtatiş va öz Qurolli kuçlarini mamlakatdan olib çiqib ketişni talab qiluvçi rezolyutsiyasiga qarşi ovoz berdi. Bu haqda taşkilotning Twitter’dagi sahifasida maʼlum qilindi. 

Qayd etilişiça, anneksiya qilingan Qrimda inson huquqlarining buzilişi böyiça yangilangan rezolyutsiya BMT Boş Assambleyasi tomonidan 15 dekabr kuni körib çiqilgan. Hujjatning qabul qilinişi uçun 82 davlat ovoz bergan, 80 davlat betaraf qolgan va 14 davlat qarşi ovoz bergan. 

Qarşi ovoz berganlar orasida Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Xitoy, Eron, Şimoliy Koreya, Suriya va boşqalar bor. Ostona buni "maxsus harbiy operatsiya" niqobi ostida Ukrainaga nisbatan bosqin boşlanganidan beri birinçi marta amalga oşirgan. 

Boş Assambleya Rossiyaning Qrimdan Ukrainaga qarşi agressiya maqsadida foydalaniş harakatlarini hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini noqonuniy egallab olişga urinişlarini qoraladi. Hujjatda, şuningdek, Ukrainaga harbiy bosqinni zudlik bilan töxtatiş va Rossiyaning barça qurolli kuçlarini mamlakat hududidan “sözsiz” olib çiqib ketiş talabi ham qayd etilgan. 

Qozoğiston Rossiyaning Ukraina hududiga harbiy bostirib kirişini rasman qoralamadi. Şu bilan birga, avvalroq mamlakat BMTda Ukrainadagi vaziyat böyiça ovoz berişda asosan betaraf qolgan edi. 

13 oktyabr kuni Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston BMT Boş Assambleyasida Ukrainaning törtta viloyatining Rossiyaga qöşib olinişini qoralovçi rezolyutsiya uçun ovoz berişda betaraf qolgan edi. Jami 143 davlat yoqlab ovoz bergan, beştasi qarşi, 35 tasi betaraf qolgan. 

Bundan oldinroq, 13 may kuni BMT Inson huquqlari kengaşi Ukrainada Rossiya armiyasi tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar va inson huquqlari buzilişini tergov qiliş böyiça rezolyutsiya qabul qilgan edi. Qozoğiston va Özbekiston ovoz berişda betaraf qoldi. Bu fevral va mart oylarida Kiyev, Çernigov, Xarkov, Sumi va Mariupolda sodir etilgan huquqbuzarliklar haqida edi. Hujjatning qabul qilinişini 33 davlat qöllab-quvvatladi, Xitoy va Eritreya qarşi ovoz berdi, 12 iştirokçi davlat ovoz berişda betaraf qoldi.


×