Özbekistonga Qozoğiston orqali Rossiya gazini yetkaziş köpaytiriladi, dedi RF prezidenti Vladimir Putin Ostonaga taşrifi çoğida.
«Ötgan yildan beri Rossiyadan gaz Qozoğiston hududi orqali qöşni Özbekistonga tranzit yöl bilan keltirilmoqda — biz gaz yetkazişni köpaytiramiz», — dedi Putin.
Putin Xitoyga ham gaz Qozoğiston hududi orqali yetkazilayotganini, şuning barobarida, mahalliy isteʼmolçilar «zangori olov» bilan taʼminlanayotganini qöşimça qildi.
Eslatib ötamiz, Vladimir Putin prezident Qosim-Jömart Töqayevning taklifiga binoan ikki kunlik taşrif bilan 27 noyabr kuni Qozoğistonga kelgandi.









