Toşkentda yaşirin hujralar aniqlandi. Mullalar voyaga yetmagan bolalarni kaltaklab, muntazam oç qoldirgan

Toşkentda yaşirin hujralar aniqlandi. Mullalar voyaga yetmagan bolalarni kaltaklab, muntazam oç qoldirgan

Poytaxtda yaşirin diniy taʼlim berayotgan şaxslar qölga olindi. Huquq-tartibot idoralarining Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirida 3 nafar mahalliy fuqaro öz xonadonlarida hujralar taşkil etib, yoş bolalarga diniy saboq berayotganligi aniqlandi.

Hujralar taşkil etilgan xonadonlar közdan keçirilganida, yoğoç kaltak, piçoq, pnevmotik qurol topildi. Şuningdek, hujralar egalarining qöl telefonlarida diniy ekstremistik oqimlar va terrorçi taşkilotlarning ğoyaviy rahbarlarining jihodga çorlovçi audio, videomateriallari borligi aniqlandi.Videopleyer01:3302:42

Hujralarning birida 17 nafar, ikkinçisida 11 nafar, uçinçisida esa 4 nafar voyaga yetmagan bola diniy saboq olayotgani maʼlum böldi. Noqonuniy öqitiş vaqtida bolalar kaltaklanib, muntazam ravişda oç qoldiriş orqali jazolangan. Hozirda mazkur hujralarni taşkil qilganlarga nisbatan qonuniy çora köriş masalasi körilmoqda.

×