Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda voyaga yetmaganlarning töy marosimi aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombdusmani uşbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olindi.
Örganiş davomida aniqlanişiça, 2008 yilda Şofirkon tumanida tuğilgan A.A. (öğil bola) 2007 yilda Qoraköl tumanida tuğilgan R.N. (qiz bola) ning örtasida ikkala voyaga yetmaganning oilalari özaro kelişuvi asosida joriy yilning 29 iyun kuni Buxoro şahrida nikoh töyi bölib ötgan.
Mazkur holat yuzasidan Qorakul tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borildi.
Bugun, 2 iyul kuni voyaga yetmaganlarning ota-onalari N.S. va N.Q. larni MJtKning 47-3 moddasi (Nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilikni yoki nikoh tuziş tartibini buziş) bilan maʼmuriy javobgarlikka tortiş yuzasidan hujjatlar sudga yuborildi.
Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga asosan, nikoh yoşi erkaklar va ayollar uçun 18 yoş etib belgilangan. Bu qonuniy talabning buzilişi bolaning taʼlim oliş, soğliğini saqlaş hamda jismoniy, aqliy va maʼnaviy uyğun ravişda kamol topişi huquqlariga mutlaqo ziddir.









